Ushbu taomning tashqi ko‘rinishiyoq har qanday insonning ishtahasini ochib yuborishi shubhasiz.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • qo‘ziqorin – 200-250 gramm;
  • piyoz – 1 dona;
  • o‘simlik yog‘i – 2 osh qoshiq;
  • pishloq – 3-4 osh qoshiq;
  • tovuq filesi  – 4 bo‘lak;
  • tovuq go‘shti uchun ziavorlar;
  • sariyog‘ – 1 osh qoshiq;
  • tuz va ziravorlar

Tayyorlansh jarayoni:

  1. Qo‘ziqorin va piyoz mayda to‘g‘raladi.
  2. Tovada yog‘ qizidirilib, qo‘ziqorin qovuriladi.
  3. Piyoz qo‘shib, yana 4-5 daqiqa olovda qoldiriladi.
  4. Qaymoqli pishloq qo‘shilib, tuz va ziravorlar sepiladi va yaxshilab aralashtiriladi.
  5. Tovuq filesiga nachinka solish uchun o‘rtasidan biroz kesiladi.
  6. So‘ngra nachinkalar solib chiqiladi.
  7. Sariyog‘ va qolgan o‘simlik yog‘i tovada qizdiriladi va tovuq filelari ehtiyotkorlik bilan qizarguncha qovuriladi.
  8. So‘ngra qolipga solib, taxminan 15 daqiqa davomida 220 daraja pechda pishiriladi.

Yoqimli ishtaha! 

От qwert.uz