Oila a’zolaringizga yoqishi aniq bo‘lgan shirinlik retseptini havola qilamiz.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Elle

Kerakli mahsulotlar:

  • sariyog‘— 90 g;
  • un — 300 g;
  • kakao — 4 osh qoshiq;
  • tuxum — 2 dona;
  • shakar — 200 g;
  • tuz;
  • kefir — 250 ml;
  • smetana — 350 g;
  • shakar — 150 g;
  • vanilin — 1 choy qoshiq;
  • qaymoq — 250 g;
  • suv — 3-4 qoshiq.

Tayyorlanish jarayoni:

  • Sariyog‘ni eriting.
  • Unga ichimlik sodasi va kakao qo‘shing.
  • Chaqilgan tuxumga shakar va tuz qo‘shib mikserda aralashtiring.
  • Aralashtirishda davom etib sariyog‘ va kefir qo‘shing.
  • Suyuq mahsulotlarni quyug‘i bilan aralashtiring.
  • Xamirni 170 daraja qizigan pechda 50-65 daqiqa pishirib oling.
  • Smetanaga shakar kukuni va vanilin qo‘shing.
  • Mikser bilan yaxshilab aralashtirilgan qaymoqni smetanaga qo‘shing.
  • Suvga shakar qo‘shib qaynatib oling.
  • Pishgan xamirni uch qavat qilib kesing.
  • Chetlarini kesib mayda ushoq holiga keltiring.
  • Shakarli suv singdirilgan xamirlarni orasiga krem surtib taxlang.
  • Usti va chetlarini krem bilan qoplang.
  • 6-8 soat sovitkichda turganidan keyin ustiga maydalangan ushoqni sepib chiqing.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz