Dudlangan tovuqdan ko‘rinishi ananasni esga soluvchi salat tayyorlaymiz

Nafaqat ta’mi, balki ko‘rinishi ham o‘ziga xos bo‘lgan salat retseptini e’tiboringizga havola qilamiz.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • tuxum — 5 dona;
  • pishloq — 200 g;
  • konservalangan ananas — 550-600 g;
  • dudlangan tovuq go‘shti — 800-900 g;
  • yong‘oq — 100 g;
  • mayonez;
  • ko‘katlar.

Tayyorlanish jarayoni

  • Qaynatilgan tuxum va pishloqni qirg‘ichdan chiqaring.
  • Ananas va tovuqni uncha katta bo‘lmagan bo‘laklarga bo‘ling.
  • Yong‘oqning bir qismini maydalang.
  • Tovuqning yarmini oval shaklida idishga joylashtiring.
  • Ustidan mayonez surting.
  • Ananasning yarmini terib chiqing, mayonez surting.
  • Tuxumning yarmi bilan qoplang, maydalangan yong‘oq va mayonez qo‘shing.
  • Keyingi qatlam uchun pishloqdan foydalanib, ustidan mayonez bilan qoplang.
  • Shu ketma-ketlikda davom eting.
  • Ustidan maydalangan pishloq seping.
  • Yarmi bo‘lingan yong‘oqlar bilan bezab chiqing.
  • 1-2 soatga sovitkichga qo‘ying.
  • Dasturxonga tortishdan avval ananasga yanada o‘xshashi uchun ko‘k piyozni salatning yuqori qismiga qo‘ying.

Yoqimli ishtaha!