Sabzavotlardan tayyorlanadigan kotletlar mazali bo‘lishi bilan birga foydali hamdir.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: “Domashniy ochag”

Karamli kotlet

Ushbu retsept ko‘pincha parhezda yuradiganlar uchun ayni muddao.

Foto: “Domashniy ochag”

Kerakli mahsulotlar:

  • gulkaram – 1 kilogramm;
  • piyoz – 1 dona;
  • un – 120 gramm;
  • manniy yormasi – 80 gramm;
  • sarimsoq – 3-4 bo‘lak;
  • quritilgan non – 3-4 osh qoshiq;
  • ko‘kat, tuz va ziravorlar.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Gulkaram bo‘laklarga bo‘linib, sho‘r suvga solinadi va 10-15 daqiqa davomida qaynatiladi.
  2. So‘ngra suvdan olinib, blenderda maydalanadi. Namlikni olib tashlash uchun siqib olinadi.
  3. Piyoz va sarimsoq mayda to‘g‘ralib, karam bilan aralashtiriladi.
  4. Ko‘katlar ham yuvilib, mayda to‘g‘raladi. Karamli aralashma qo‘shiladi, ustidan un va manniy yormasi qo‘shiladi.
  5. Aralashtirilib, 5 daqiqaga qoldiriladi.
  6. Tayyor bo‘lgan massadan kotletlar yasaladi va quritilgan nonga botirilib, o‘simlik yog‘ida ikki tomoni qizargunga qadar qovuriladi.

Yoqimli ishtaha!

Kartoshkali kotlet

Kotletlarni muzlatkichda ham saqlash mumkin.

Foto: “Domashniy ochag”

Kerakli mahsulotlar:

  • kartoshka – 1 kilogramm;
  • yong‘oq – 100 gramm;
  • tuxum – 2 dona;
  • sariyog‘ – 2 osh qoshiq;
  • un – 2 osh qoshiq;
  • o‘simlik yog‘i, smetana, tuz va ziravorlar.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Yong‘oqlar quruq idishda qovuriladi. Kartoshkalar qaynatib olinadi.
  2. Tuxum, yong‘oq, sariyog‘, kartoshka va tuz solib, pyure hosil qilinadi.
  3. Kotletlar tayyorlanib, o‘simlik yog‘ida 3-4 daqiqa qovuriladi.

Yoqimli ishtaha!

Sabzili kotlet

Vitaminga boy sabzili kotletlar salomatlik uchun foydali.

Foto: “Domashniy ochag”

Kerakli mahsulotlar:

  • sabzi – 4 dona;
  • olma – 4 dona;
  • sut – 1/2 stakan;
  • tuxum – 1 dona;
  • manniy yormasi – 2 osh qoshiq;
  • sariyog‘ – 2 osh qoshiq;
  • smetana, shakar, o‘simlik yog‘i, quritilgan non.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Sabzi va olma tozalanib, to‘rtburchak shaklda to‘g‘raladi.  Sariyog‘ quyilgan idishda 5 daqiqa qovuriladi va utidan sut quyiladi. 3 daqiqa davomida qaynatiladi.
  2. Olma, manniy yormasi, tuz va shakar qo‘shib, 2 daqiqa davomida aralashtiriladi. Quyuqlashgach, tuxum qo‘shiladi.
  3. So‘ngra massadan kotletlar tayyorlanadi, quritilgan nonga botirilib, o‘simlik yog‘ida qovuriladi.

Yoqimli ishtaha!

Sabzavotli kotlet

Nonushta uchun ajoyib tanlov.

Foto: “Domashniy ochag”

Kerakli mahsulotlar:

  • gulkaram – 1/2 kilogramm;
  • sabzi – 2 dona;
  • piyoz – 1 dona;
  • sut – 1/2 stakan;
  • tuxum – 2 dona;
  • manniy yormasi – 3 oh qoshiq;
  • ko‘kat, tuz va ziravorlar.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Tuxum manniy yormasi bilan aralashtiriladi. Sabzi qirg‘ichdan o‘tkaziladi, gulkaram va piyoz mayda to‘g‘raladi.
  2. Dastlab piyoz qovuriladi, oltin rangga kirgach sabzi qo‘shiladi. Karam ham solinib, sut, tuz va ziravorlar sepiladi.  10 daqiqa davomida past olovda pishiriladi.
  3. So‘ngra massadan kotletlar hosil qilinib, yog‘da qovuriladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz