A, C, E, K, T, PP, shuningdek, hazm qilishni yaxshilaydigan va immunitetni mustahkamlaydigan B1, B2, B5 va B6 vitaminlari mavjud bo‘lgan qovoq tarkibida karotin va pektin moddalari mujassam bo‘ladi.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Qolaversa, Qp. Uning 100 grammida taxminan 25 kkal, 1 gr oqsil, 0,1 gr yog‘, 4,4 gr uglevod va suv bo‘ladi. Salomatlikni yaxshilashda ahamiyatli bo‘lgan ushbu mahsulotdan nimalar tayyorlash mumkinligi haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Foto: Harper’s Bazaar

Qovoqli xushtam sho‘rva

Foto: Harper’s Bazaar

Kerakli mahsulotlar:

  • kokos suti — 100 ml;
  • suv — 350 ml;
  • qovoq — 1 kg;
  • zanjabil — 1 g;
  • sarimsoq piyoz — 1 g;
  • zanjabil — 4 g.

Tayyorlanish jarayoni

  • Kubik shaklida to‘g‘ralgan qovoqni pechda pishirib oling.
  • Qozonga solib, ustidan suv quying.
  • Qaynab chiqqanidan keyin ziravorlar va sut qo‘shib blenderda aralashtiring.
  • Qovoq urug‘i bilan bezab keyin dasturxonga torting.

Qovoq qo‘shib tayyorlanadigan salat

Foto: Harper’s Bazaar

Kerakli mahsulotlar:

  • keyl karami — 50 g;
  • qovoq — 100 g;
  • no‘xat — 30 g;
  • yalpiz — 1 g;
  • qovoq urug‘i — 5 g;
  • zaytun yog‘i.

Sousi uchun:

  • sabzi — 8 g;
  • uzum sirkasi — 2 osh qoshiq;
  • soya sousi — 6 g;
  • zaytun yog‘i.

Tayyorlanish jarayoni

  • Kubik shaklida to‘g‘ralgan qovoqni ustiga zaytun yog‘i quyib 190 daraja qizigan pechda pishiring.
  • No‘xatni pishirib oling.
  • Keylni bir necha bo‘lakka bo‘ling.
  • Sous uchun kerakli mahsulotlarni barini blenderda aralashtiring.
  • To‘g‘ralgan mahsulotlarga tayyor sousni qo‘shib aralashtiring.

Kakao qo‘shiladigan mazali ichimlik

Foto: Harper’s Bazaar

Kerakli mahsulotlar:

  • kakao kukuni — 5 g;
  • qovoq pyuresi — 50 g;
  • sut — 150 ml;
  • kokos suti — 50 g;
  • dolchin — 1 g;
  • zanjabil — 1g;
  • muskat yong‘og‘i — 1 g.

Tayyorlanish jarayoni

  • Barcha mahsulotlarni bir-biriga qo‘shib aralashtiring.
  • Dolchin qo‘shishni unutmang.
  • 65-70 daraja olovda qaynatib oling.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz