Kolbasa, sabzi va makkajo‘xori qo‘shib tayyorlanadigan mazali salat retsepti


Ushbu salatga sabzi boshqalaridan farqli o‘laroq xomligicha qo‘shiladi.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • tuxum – 3 dona;
  • pishloq – 100 gramm;
  • sabzi – 1 dona;
  • makkajo‘xori – 150 gramm;
  • kolbasa – 150 gramm;
  • mayonez, tuz va ziravorlar.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Tuxum 10 daqiqa davomida qaynatib olinadi.
  2. Tuxum, pishloq, sabzi qirg‘ichdan o‘tkaziladi.
  3. Kolbasa somoncha shaklda to‘g‘raladi.
  4. Barcha mahsulotlar bir idishga solingach, makkajo‘xori, tuz va ziravorlar qo‘shilib, mayonez bilan aralashtiriladi.
  5. Tayyor bo‘lgan salat muzlatkichga 2 soatga qo‘yiladi.

Yoqimli ishtaha!