Nafaqat ta’mi, balki ifori ham o‘ziga xos bo‘lgan ushbu taom bayram dasturxoningizni bezashi aniq.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • rozmarin;
  • sarimsoq piyoz — 8 dona;
  • zaytun yog‘i — 120 ml;
  • qizil vino sirkasi — 60 ml;
  • tuz — 2 osh qoshiq;
  • murch;
  • zira — 0,5 choy qoshiq;
  • qo‘y qovurg‘asi — 7-8 dona.

Sous uchun:

  • balzamli sirka — 60 ml;
  • suyuq asal — 1 osh qoshiq;
  • zaytun yog‘i — 120 ml;
  • rozmarin;
  • tuz.

Tayyorlanish jarayoni

  • Sarimsoq va rozmarinni maydalang.
  • Yog‘, sirka, tuz va murch qo‘shib aralashtiring.
  • Aralashmani go‘shtga surtib chiqing, paket bilan o‘rab 10-12 soatga sovitkichga qo‘ying.
  • Dumaloq shaklda bo‘lishi uchun qovurg‘alarni vertikal qo‘yib chiqing.
  • Ip bilan bir-biriga mahkamlang.
  • Ziravorlarni seping.
  • Go‘shtli qismini qoldirib qovurg‘alar ustiga folga qog‘oz o‘rab chiqing.
  • 35 daqiqa davomida 65 daraja qizigan pechda pishirib oling.
  • Pishganidan keyin folgani olib tashlab 15 daqiqaga qoldiring.
  • Sous uchun kerakli mahsulotlarni aralashtiring.
  • Qovurg‘a o‘rtasiga garnir sifatida tayyorlab olingan guruch yoki sabzavotlarni soling.
  • Ajralgan suyuqlikni sous bilan aralashtirib, go‘shtli taom bilan birga dasturxonga torting.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz