Kartoshka pyuresi, brokkoli hamda pishloq aralashmasi taomga o‘zgacha ta’m bag‘ishlaydi.
— Manba: «Daryo» nashri.
Foto: Lifehacker
Kerakli mahsulotlar:
- kartoshka – 4 dona;
- brokkoli – 300 gramm;
- xantal – 1 osh qoshiq;
- tuxum – 1 dona;
- pishloq – 140 gramm;
- tuz.
Tayyorlanish jarayoni:
- Kartoshkalar butunligicha mikroto‘lqinli pechga 12-15 daqiqaga qo‘yiladi.
- Brokkoli suvda 2-3 daqiqa qaynatib olinadi.
- Kartoshka yumshagach ikkiga bo‘linib, ichki qismi biroz o‘yib olinadi.
- Kartoshka pyuresi, brokkoli, tuxum, xantal va qirg‘ichdan o‘tkazilgan pishloq yaxshilab aralashtiriladi.
- Kartoshka qayiqchalari ichiga aralashma solinadi va ustidan ortib qolgan pishloq sepiladi.
- 200 daraja pechda 15 daqiqa davomida pishiriladi.
Yoqimli ishtaha!