«Noshukurlik…» (Qiziqarli suratlar — sheʼriy izoxlar bilan)
— «Inson bazan, noshukur juda,
Istak aytar, xuda-bexuda.
Istagidan boshi aylanib.
Xatto jin xam, qolar oʼylanib!».
— «Dunyolarni boʼysundirgan, boʼlsada inson,
Xamon vaqtni jilovlashga — topolmas imkon!».
DEVORLАRGА YOZАDIGАN BOLАLАRGА:
— «Devorlarga chizaman, yurakdagi dardlarim,
Oʼziga aytay desam, jurʼat yoʼq, koʼngil yarim!».
— «Аgar jurʼat yetmasa, devorni aybi nima,
Devorni tinch qoʼyginu, sukut saqlab, indama!»
— «Uyqu joy tanlamas» — deyishar, biroq,
Oʼyin xam qizisa, joyning farqi yoʼq.
Xatto xovlida xam qiziydi shaxmat,
Shuni yasab bergan, ustaga raxmat!»
Аbdulla Pulatov
- Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
- «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF