Lifehacker nashri taqdim etgan barchaning sevimli shirinligi — napoleonning shokoladli versiyasi har qanday vaziyat uchun mukammal tanlovdir.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

Xamir uchun:

  • suv — 170 ml;
  • tuxum — 1 dona;
  • sirka 9 foizli — 2 choy qoshiq;
  • tuz — bir chimdim;
  • un — 400 gramm;
  • kakao kukuni — 4 osh qoshiq;
  • sariyog‘ — 250 gramm;

Krem uchun:

  • tuxum — 4 dona;
  • shakar — 450 gramm;
  • vanil — 2 choy qoshiq;
  • un — 2 osh qoshiq;
  • kakao kukuni — 2 osh qoshiq;
  • sut — 700 ml;
  • qora shokolad — 100 gramm;
  • sariyog‘ — 400 gramm.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Suv, tuxum, sirka va tuz yaxshilab ko‘pirtiriladi.
  2. Un elakdan o‘tkaziladi va kakao bilan aralashtiriladi. Sariyog‘ qirg‘ichdan o‘tkaziladi va un bilan asta-sekin aralashtiriladi.
  3. Suyuq mahsulotlar un massasiga qo‘shiladi va xamir qoriladi.
  4. Xamir silliq bo‘lishi shart emas, bir soatga muzlatkichga qo‘yiladi.
  5. Krem uchun tuxum shakar bilan yaxshilab ko‘pirtiriladi. Un va kakao qo‘shib, yana ko‘pirtiriladi.
  6. Ilitilgan sut aralashmaga qo‘shiladi va past olovda quyuqlashguncha 5-7 daqiqa davomida qaynatiladi.
  7. Shokolad mayda to‘g‘raladi, olovdagi krem olinib, shokolad bilan aralashtiriladi. Massaning usti yopilib, salqin joyga qo‘yiladi.
  8. Pech oldindan 190 darajada qizdiriladi.
  9. Xamir 7-8 qismga bo‘linadi. Har bir qism dumaloq shaklda yoyilib sanchqi bilan teshiladi.
  10. Xamirlar 12-15 daqiqa davomida pechda pishirib olinadi.
  11. Pishgan xamirlar diametri 25-30 santimetr o‘lchamda kesib olinadi va oshgan qismi alohida olinadi.
  12. Sariyog‘ yaxshilab mikser qilinadi va sovitilgan krem qo‘shiladi, silliq bo‘lguncha aralashtiriladi.
  13. Sovigan xamirlarning har biriga krem surtiladi va ustma-ust terib chiqiladi. Xamirning oshgan uvoqlari shirinlik ustidan sepiladi va 10-12 soatga muzlatkichga qo‘yiladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz