“Hi-chef.ru” nashri taqdim etgan navbatdagi retsept — Shi sho‘rvasida organizm uchun zarur bo‘lgan barcha vitaminlarga boy mahsulotlar mavjud.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: “Hi-chef.ru”

Kerakli mahsulotlar:

  • mol go‘shti — 1 kilogramm;
  • sabzi — 350 gramm;
  • piyoz — 350 gramm;
  • karam — 150 gramm;
  • pomidor — 250 gramm;
  • dafna yaprog‘i — 5-6 dona;
  • suv  — 3 litr;
  • kartoshka — 200 gramm;
  • bulg‘or qalampiri — 100 gramm;
  • qo‘ziqorin — 100 gramm;
  • o‘simlik yog‘i — 50 gramm;
  • sariyog‘ — 50 gramm;
  • dengiz tuzi — 30 gramm;
  • ko‘kat, tuz va ziravorlar.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Mol go‘shti bo‘laklarga bo‘linib, qaynatishga qo‘yiladi.
  2. Sabzavotlar o‘rtacha kattalikda to‘g‘ralib, yog‘da qovurib olinadi va qaynayotgan go‘shtli bulyonga qo‘shiladi.
  3. 2-3 soat davomida past olovda qaynatiladi. Tayyor bo‘lishidan 15 daqiqa oldin ziravorlar qo‘shiladi.
  4. Bulyonning go‘shti alohida olinadi va suyaklardan ajratiladi.
  5. Sabzi, piyoz, bulg‘ori qalampiri somoncha shaklida to‘g‘raladi.
  6. Pomidor, karam va kartoshka ham to‘g‘raladi.
  7. Avval tovada qizigan yog‘ga sabzi solinadi. So‘ngra piyoz va sariyog‘ qo‘shiladi.
  8. Bulg‘ori qalampiri olinib, aralashtiriladi.
  9. Pomidor boshqa idishga solinadi. Yumshaguncha qovuriladi.
  10. Maydalangan qo‘ziqorinlar ham alohida qovurib olinadi.
  11. Qaynab chiqqan bulyonga kartoshka, karam, qovurilgan sabzi, bulg‘ori qalampiri, dafna bargi, qo‘ziqorin, tuz, pomidor va go‘sht qo‘shiladi.
  12. Bulyon yana biroz qaynatiladi.
  13. So‘ngra issiqligida dasturxonga tortiladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz