Qatlamali xamir va sosiskadan mazali yegulik tayyorlaymiz

Lifehacker nashri taqdim etgan ushbu retsept bekajonlar uchun yangilik bo‘lishi tabiiy. Yeguliklarni issiq hamda sovuq holida ham dasturxonga tortish mumkin.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • qatlamali xamir — 2 qatlam 250 grammdan;
  • tuxum — 2 dona;
  • sosiska — 4-6 dona;
  • tuz.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Har bir xamir 16 ta to‘rtburchak shaklida kesib olinadi.
  2. Patnisga pergament qog‘oz solinadi va ularning yuzasiga xamir bo‘laklari terib chiqiladi.
  3. Tuxumga bir chimdim tuz solinib, aralashtiriladi va xamir ustiga surtiladi.
  4. Sosiskalar bir xil bo‘lakda kesilib, har bir xamir o‘rtasiga qo‘yiladi va biroz bosiladi.
  5. Taxminan 20-25 daqiqa davomida 180 daraja pechda pishiriladi.

Yoqimli ishtaha!