Lifehacker taqdim etgan shtrudel retsepti mazali hamda vitaminga boy nachinkasi bilan barchaga manzur keladi.
— Manba: «Daryo» nashri.
Foto: Lifehacker
Kerakli mahsulotlar:
- ismaloq — 600 gramm;
- piyoz — 1 dona;
- sarimsoq — 2 bo‘lak;
- zaytun yog‘i — 1 osh qoshiq;
- feta pishlog‘i — 200 gramm;
- tuxum — 1 dona;
- qatlamali xamir — 250 gramm;
- ko‘kat, tuz va ziravorlar.
Tayyorlanish jarayoni:
- Piyoz, sarimsoq mayda to‘g‘raladi va qovurib olinadi.
- Ismaloqdan ortiqcha suv siqib olinadi va sabzavotlar bilan aralashtiriladi. Ko‘kat, tuz va ziravorlar qo‘shiladi.
- Feta pishlog‘i mayda to‘rtburchak shaklda to‘g‘ralib, ismaloqli massaga solinadi.
- Tuxumning yarmi ham ismaloqli massaga solinadi va qolgan qismi olib qo‘yiladi.
- Xamir yupqa yoyilib, pergament qog‘oz ustiga qo‘yiladi. Uning yuzasiga nachinka solinadi.
- So‘ngra xamir rulet shaklida o‘ralib, ustidan tuxumning qolgan qismi surtiladi.
- 180 daraja pechda 30-35 daqiqa davomida yegulik qizargunga qadar pishiriladi.
Yoqimli ishtaha!