Ushbu 3 ta retsept ko‘p kaloriyalarni o‘z ichiga olmaydigan qarsildoq tovuqli ovqatlarni tayyorlashga imkon beradi. Kichik oshpazlik hiylalari sizga to‘yingan yog‘ va ortiqcha natriysiz tovuqli menyu tuzishingizga yordam beradi.

— Manba: «Daryo» nashri.

Ayoli sousi qo‘shilgan tovuqli popkorn

Foto: Adobe Stock

Masalliqlar:

  • 500 g suyaksiz va terisiz tovuq ko‘kragi;
  • 1/2 stakan bodom uni;
  • 1/2 stakan maydalangan bodom;
  • 4 stakan organik suli yormasi;
  • 1,5 stakan ayron;
  • 1 choy qoshiq chili kukuni;
  • zaytun moyi spreyi;
  • tuz va maydalangan murch.

Sousi uchun:

  • 1/2 limon sharbati;
  • 1/2 stakan mayonez;
  • 1 choy qoshiq tomat pastasi;
  • 1/4 choy qoshiq chipotle kukuni;
  • 1/8 choy qoshiq sarimsoq kukuni;
  • 1/8 choy qoshiq tuz.

Tayyorlanishi:

  1. Pechni 220 darajada qizdiring.
  2. Tovuqqa chili kukuni seping va katta idishga soling. Tovuq ustidan ayronni quyib, muzlatkichda 2 soat marinadlang.
  3. Tovuq oyoqchalarini bulab olish uchun suli yormasi, bodom uni va bodom yormasini apparatda maydalab oling. So‘ng alohida idishga soling.
  4. Ayoli sousini tayyorlash uchun mayonez, limon sharbati, tomat pastasi, tuz, sarimsoq kukuni va paprikani idishga solib, yaxshilab aralashtiring.
  5. Ikki soatdan keyin marinadlangan tovuq bo‘laklarini yormali massaga bulab oling. Gaz panjarasiga qo‘ying va yog‘ seping. Tovuq tillarang bo‘lgunga qadar 15 daqiqa davomida qovuring. Keyin pechdan olib, issiqligida tuz va murch seping va ayoli sousi bilan dasturxonga torting.

Xantal va chipotle sousida tovuq barmoqlari

Foto: Adobe Stock

Masalliqlar:

  • 500 g suyaksiz va terisiz tovuq filesi
  • 3 ta tuxum oqi (engil ko‘pirtirilgan)
  • 2 stakan glyutensiz non bo‘laklari
  • 2 osh qoshiq Dijon xantali
  • 1 osh qoshiq asal
  • 1 choy qoshiq chipotle qalampir pyuresi
  •  tuz va murch

Tayyorlanishi:

  1. Pechni 220 daraja qizdiring.
  2. Tovuqni tuz va murch bilan ziravorlang. Tuxum oqini sayoz idishga soling. Yapon pankosini ham idishga solib, ziravorlang. Tovuq bo‘laklarini tuxumga botirib, so‘ngra maydalangan non bo‘laklariga bulab oling. Tolqon parranda go‘shtini to‘liq qoplaganiga ishonch hosil qiling.
  3. Tovuq bo‘laklarini 10-12 daqiqa davomida pishiring.
  4. Endi katta idishda xantal, chipotle pastasi va asalni aralashtiring. Tayyorlangan tovuq bo‘laklarini massaga aralashtiring, shunda ular shirin va achchiq sousda bir tekis qoplanadi.

Kunjutli tovuq qanotlari

Foto: Adobe Stock

Masalliqlar:

  • 700 g tovuq qanotlari
  • 1/4 stakan guruch sirkasi
  • 3 osh qoshiq asal
  • 1 osh qoshiq kunjut yog‘i
  • 1 osh qoshiq chili yoki sriracha sousi (ta’mga ko‘ra)
  • 1 osh qoshiq past natriy soya sousi
  • tuz
  • 1/2 osh qoshiq maydalangan sarimsoq

Bezatish uchun:

  • 1 osh qoshiq oq kunjut
  • 2 ta yupqa to‘g‘ralgan yashil piyoz
  • 1/4 kichik qizil piyoz

Tayyorlanishi:

  1. Yuvilgan tovuqni quriting va tuzlang. Aerogrilni 175 darajaga oldindan qizdiring. Tovuqni aerogrilga bir tekis joylashtiring. Tillarang bo‘lgunga qadar yarmigacha aylantirib, taxminan 16 daqiqa davomida pishiring.
  2. Katta idishda sirka, asal, soya sousi, kunjut yog‘i, chili (yoki sriracha) sousi va maydalangan sarimsoqni aralashtiring.
  3. Dasturxonga tortishdan oldin pishirilgan tovuq qanotlarini sousga botirib, ustiga mayda tug‘ralgan yashil va qizil piyoz hamda kunjut seping.

От qwert.uz