Oshxonangizdan chiqmasdan mazali va xushta’m tovuqli kabob tayyorlashingiz mumkin. Buning uchun sizga faqat gaz pechi, oddiy masalliqlar va bir necha soat vaqt kerak bo‘ladi xolos.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Stock Adobe

Masalliqlar (8 ta porsiya uchun):

Barbekyu uchun:

  • 1,5 kg tovuq sonlari, terili boldir va to‘shi;
  • 2 ta katta piyoz, ingichka to‘g‘ralgan;
  • 1 osh qoshiq zaytun moyi.

Sousi uchun:

  • 150 g ketchup;
  • 120 g jigarrang shakar;
  • 1/2 stakan suv;
  • 1/4 stakan olma sirkasi;
  • 1 osh qoshiq tayyor vuster sousi (ixtiyoriy)
  • 1 osh qoshiq qiyom;
  • 1/2 choy qoshiq tuz;
  • 1/2 choy qoshiq maydalangan sarimsoq;
  • 1/4 choy qoshiq maydalangan xantal.

Foto: Stock Adobe

Tayyorlanishi:

Блок RTB — Моб.F.Ad (ID блока: R-A-493493-6)
  1. Ishni barbekyu sousini tayyorlashdan boshlang. Katta idishda ketchup, jigarrang shakar, suv, olma sirkasi, vuster sousi, shinni va ziravorlarni aralashtiring. Qopqoqni yopib, muzlatkichda kamida 1 soat (yaxshisi bir kecha)ga qoldiring.
  2. Pechni 220 darajaga oldindan qizdiring va pech patnisiga katta folga qog‘ozini soling.
  3. To‘g‘ralgan piyozni folgaga terib, ustiga yog‘ sepib, aralashtiring.
  4. Tovuqni piyoz ustiga terili tomonini yuqoriga qaratib qo‘yib chiqing, tillarang bo‘lgunga qadar qovuring (30-40 daqiqa).
  5. Tovuqni pechdan olib, har ikki tomoniga sous surting. So‘ngra go‘shtni tovada usti qarsildoq bo‘lib, sous singib ketguncha pishiring.
  6. Tovuqli kabobni sabzavot, ko‘kat yoki kartoshka fri bilan dasturxonga torting.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz