Fransuz oshxonasiga tegishli oson va tez tayyorlanadigan shirinlik retsepti bilan o‘rtoqlashamiz.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Elle

Kerakli mahsulotlar: 

  • tabiiy yogurt — 250 g;
  • un — 450 g;
  • shakar — 400 g;
  • o‘simlik yog’i — 150 g;
  • tuxum — 3 ta;
  • ichimlik sodasi — 1/2 paket;
  • vanil shakari — 15 g;
  • shakar kukuni.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Pechni oldindan 200 darajaga qizdiring.
  2. Yogurtni katta idishga soling. Unga qolgan barcha mahsulotlarni qo‘shing va bir tekis massa hosil bo‘lguncha yaxshilab aralashtiring.
  3. Pech patnisini sariyog‘ bilan yog‘lang. Tayyor aralashmani patnisga solib, 25-30 daqiqa pishirishga qo‘ying.
  4. Tayyor tort ustiga shakar kukuni seping.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz