Tvorogli nonushta tayyorlash tez hamda oson. Bundan tashqari, tvorog barcha yoshdagilar uchun foydali mahsulot bo‘lib, turli pishiriq va shirinliklar uchun ajoyib ingredient hisoblanadi. “Noviy ochag” nashri tvorog qo‘shib tayyorlanadigan yeguliklarning 5 xil retsepti bilan bo‘lishdi.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: “Noviy ochag”

Lavashdan tvorogli pirog retsepti

Foto: Pinterest

Kerakli mahsulotlar:

  • tvorog — 400 gramm;
  • pishloq — 200 gramm;
  • ko‘katlar;
  • tuxum —3 dona;
  • smetana —3 osh qoshiq;
  • kefir — 250 ml;
  • lavash xamir — 3-4 dona;
  • ko‘kat, tuz va ziravorlar.
Блок RTB — Моб.F.Ad (ID блока: R-A-493493-6)

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Qirg‘ichdan o‘tkazilgan pishloq tvorog bilan aralashtiriladi va pishloqning bir qismi olib qo‘yiladi.
  2. Ko‘katlar mayda to‘g‘ralib, ustidan qo‘shiladi.
  3. Barcha mahsulotlar yaxshilab aralashtiriladi.
  4. Tuxum, kefir va smetana alohida idishda aralashtiriladi.
  5. Qolipga dastlab aralashma quyiladi va lavash xamiri yoyiladi.
  6. Ustidan tvorogli nachinka solib, yana lavash xamiri qo‘yiladi.
  7. Shu tarzda bir nechta qatlab hosil qilinadi va ustki qismiga yana nachinka va pishloqning qolgan qismi solinadi.
  8. Pirog 180 daraja pechda 30 daqiqa davomida pishiriladi.

Yoqimli ishtaha!

Tvorogli zapekanka

Foto: Pinterest

Tayyorlanish jarayoni:

  • tvorog — 1 kilo;
  • tuxum —6 dona;
  • sariyog‘ — 30 gramm;
  • shakar upasi — 150 gramm;
  • makkajo‘xori kraxmali — 1 osh qoshiq;
  • manniy yormasi — 1 osh qoshiq;
  • vanil — 1 osh qoshiq;

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Tvorog dastlab elakdan o‘tkaziladi, so‘ngra go‘sht maydalagichga solinadi.
  2. So‘ngra unga sariyog‘ qo‘shiladi.
  3. Ikki mahsulot blenderda yaxshilab aralashtiriladi.
  4. 6 dona tuxum sarig‘i shakar upasi bilan yaxshilab mikserda aralashtiriladi.
  5. Keyin oz-ozdan tvorogli aralashma qo‘shilib, mikser qilinadi.
  6. Ustidan karaxmal va manniy yormasi solinadi.
  7. Tuxum oqi alohida idishda yaxshilab ko‘pirtiriladi va biroz shakar upasi qo‘shiladi.
  8. Ko‘pirtirilgan tuxum oqi oz-ozdan tvorogli aralashmaga solinadi.
  9. Qolipning pastki qismi pergament bilan yopiladi va sariyog‘ bilan yog‘lanadi.
  10. Zapekanka qolipdan oson chiqishi uchun manniy yormasi sepiladi.
  11. Ustidan aralashma quyilib, yuqori qismi tekislanadi.
  12. 170 daraja qizdirilgan pechda 50-60 daqiqa davomida pishiriladi.
  13. Tayyor bo‘lgach darhol pechdan olish mumkin emas, biroz sovishi kerak.

Yoqimli ishtaha!

Tvorogli konvert pechenyelari

Foto: Pinterest

Kerakli mahsulotlar:

  • tvorog — 250 gramm;
  • sariyog‘ — 100 gramm;
  • un — 170 gramm;
  • shakar — 3-4 odh qoshiq;
  • iste’mol sodasi — 1 osh qoshiq;
  • tuz — 1/2 choy qoshiq.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Tvorog va sariyog‘ blenderda yaxshilab aralashtiriladi.
  2. Ustidan un, iste’mol sodasi va tuz solib xamir qoriladi.
  3. So‘ngra xamir birozga muzlatkichda qoldiriladi.
  4. Xamir 3-5 millimetr qalinlikda yoyilib, 9-10 diametrli doiralar kesib olinadi.
  5. Har bir xamir shakarga botirilib, shakar tomoni ichkariga qarab ikkiga bukiladi. Bir tomoni yana shakarga botirilib, xamir yana ikkiga bukiladi.
  6. Pechenyelar pergament qog‘ozi solingan pishiriq varag‘iga qo‘yilib, 200 daraja oldindan qizdirilgan pechda 20-25 daqiqa davomida pishiriladi.

Yoqimli ishtaha!

Tvorogli keks

Foto: Pinterest

Kerakli mahsulotlar:

  • un — 150 gramm;
  • sariyog‘ — 75 gramm;
  • shakar — 80 gramm;
  • tvorog — 130 gramm;
  • tuxum — 2 dona;
  • qabartma — 1 osh qoshiq;
  • mayiz — 80 gramm;
  • vanil — 1 osh qoshiq;
  • shakar upasi.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Tvorog elakdan o‘tkaziladi.
  2. Sariyog‘ mikserda yaxshilab aralashtiriladi. Ustidan shakar qo‘shiladi.
  3. Ikkita tuxum qo‘shilib, aralashtirishda davom etiladi.
  4. So‘ngra ta’bga ko‘ra biroz vanil solinadi.
  5. Un va qabarta aralashtirilib, tvorogli massaga qo‘shiladi.
  6. Yuvib, quritilgan mayiz solinib, aralashtiriladi va qolipga quyiladi.
  7. Qolipga quyilgan xamir yuzasi tekislanib, 180 daraja pechda 50-55 daqiqa davomida pishiriladi.
  8. Tayyor bo‘lgach, biroz sovitiladi va qolipdan olinadi.
  9. Shirinlikning usti shakar upasi bilan bezatiladi.

Yoqimli ishtaha!

Tvorogli bulochka

Foto: Pinterest

Kerakli mahsulotlar:

  • tuxum — 2 dona;
  • shakar upasi — 3-4 osh qoshiq;
  • tvorog — 250 gramm;
  • sut — 2-3 osh qoshiq;
  • un — 350-400 gramm;
  • qabartma — 1 osh qoshiq.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Tuxum, tuz va shakar yaxshilab aralashtiriladi. Ustidan blenderda maydalangan tvorog qo‘shiladi. Sut quyib, bir xil massa hosil qilinadi.
  2. Ustidan elakdan o‘tkazilgan un, qabartma qo‘shilib, xamir qoriladi.
  3. Xamir yopishqoq holatda bo‘lishi kerak.
  4. Xamirdan kichik sharcha shaklida bo‘laklarga bo‘linadi,
  5. Ichiga ta’bga ko‘ra nachinka solish mumkin: shokolad, mayiz, o‘rik murabbo.
  6. Bulochkalar yopishib qolmasligi uchun o‘simlik yog‘i surtiladi.
  7. Tuxum sarig‘i surtilib, biroz shakar ham sepish mumkin.
  8. Oldindan qizdirilgan 180 daraja pechda 15-20 daqiqa davomida pishiriladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz