Qulupnayli shirinliklarning 4 ta ajoyib retsepti sizni hayratda qoldiradi.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Qulupnay-sulili pechenye

Foto: Marie Claire

Kerakli mahsulotlar:

  • 2 stakan muzlatilgan qulupnay
  • 1,5 stakan suli uni
  • 1,25 stakan un
  • 0,75 stakan shakarqamish
  • 0,25 stakan shakar
  • 0,5 stakan shakarsiz olma pyuresi
  • 1 ta katta tuxum
  • 4 osh qoshiq sariyog‘
  • 1 osh qoshiq vanil ekstrakti
  • 1/2 choy qoshiq osh sodasi
  • 1/2 choy qoshiq tuz
  • 1/4 choy qoshiq razrixlitel

Pechni 175 darajaga oldindan qizdiring. Gaz patnisiga pishiriq varag‘ini soling. Kichik idishda suli uni, un, soda, razrixlitel va tuzni aralashtiring.

Mikser yordamida sariyog‘ va shakarni katta idishda yengil va yumshoq bo‘lguncha yuqori tezlikda 3 daqiqa aralashtiring. Tezlikni minimal darajaga tushiring va tuxumni sariyog‘ aralashmasiga to‘liq eriguncha ko‘pirtiring, so‘ngra olma, vanil qo‘shing va aralashtirishda davom eting. Mikser yordamida aralashmaga asta-sekin un soling. Xamirga qulupnayni ham qo‘shing.

Xamirni, taxminan, 2 osh qoshiqdan pergament qog‘ozga solib chiqing. Pechenyelar tillarang bo‘lgunga qadar pishiring. Dasturxonga tortishdan avval 5 daqiqa soviting.

Qulupnay panna-kotta

Foto: Marie Claire

Kerakli mahsulotlar:

  • 450 g qulupnay
  • 1,5 stakan sut
  • 1 stakan mikserlangan qaymoq
  • 1/4 stakan suv
  • 1 paket hidsiz jelatin
  • 1 osh qoshiq shakar
  • 1/2 choy qoshiq vanil ekstrakti

Sakkizta qolipni yoki stakanni (taxminan 150 g) yog‘lang. Qulupnay va shakarni blenderda silliq bo‘lguncha pyure qiling. Aralashmani doka orqali idishga soling va urug‘larni olib tashlang. Vanil ekstrakti bilan aralashtiring. Panna-kota sousi uchun bir piyola pyureni olib qo‘ying.

Jelatinni 1/4 stakan suvga solib, eriguncha 5 daqiqaga qoldiring.

Erigan jelatinga zaxiradagi qulupnay pyuresi va qaymoq qo‘shib, silliq bo‘lguncha aralashtiring. Aralashmani qoliplarga quying. Muzlatkichda taxminan 4 soat yoki 2 kungacha qotsin.

Muzlatkichdan olib, ustiga qulupnay sousini quying.

Qulupnayli skonlar

Foto: Marie Claire

Kerakli mahsulotlar:

  • 3 stakan un
  • 1 stakan mikserlangan qaymoq
  • 3/4 chashka to‘g‘ralgan qulupnay
  • 1/2 chashka shakar
  • 1 ta katta tuxum
  • 200 g sariyog‘
  • 4 choy qoshiq razrixlitel
  • 2 osh qoshiq qulupnay murabbosi
  • 1 choy qoshiq vanil ekstrakti
  • 1/2 choy qoshiq tuz
  • 4 tomchi qizil oziq-ovqat bo‘yog‘i

Glazur uchun

  • 2 stakan shakar kukuni
  • 2 osh qoshiq sariyog‘ (eritilgan)
  • 2 osh qoshiq sut

Pechni 200 gradusga oldindan qizdiring. Un, shakar, razrixlitel va tuzni birgalikda katta idishga soling. Sariyog‘ qo‘shing va sariyog‘ni maydalash uchun blender yoki pichoqlardan foydalaning, katta bo‘laklari erigach, quruq ingrediyentlarni aralashtiring. Endi aralashmaga quritilgan qulupnay qo‘shishingiz mumkin.

Mikserlangan qaymoq, tuxum, qulupnay murabbosi, vanil va oziq-ovqat bo‘yoqlarini o‘rta idishda soling. Un aralashmasiga sariyog‘ aralashmasi qo‘shing; Silliq bo‘lguncha muloyimlik bilan aralashtiring.

Xamirni unlangan yuzaga yoying. 20×30 sm o‘lchamdagi to‘rtburchaklarni pichoq bilan kesib oling. Xamirni yarmini ko‘ndalang bo‘ylab kesib oling, so‘ngra 8 ta romb hosil qilish uchun uzunasiga to‘rt qismga bo‘ling. 16 ta uchburchak hosil qilish uchun har bir rombni diagonal ravishda yarmiga bo‘ling. Romblarni pergament solingan pech patnisiga qo‘ying va tillarang bo‘lgunga qadar 20-25 daqiqa pishiring.

Glazur uchun shakar kukuni, eritilgan sariyog‘ va sutni o‘rta idishda silliq bo‘lguncha aralashtiring. Glazurni romblar ustiga surtib, qotishi uchun 1 soatga muzlatkichga qo‘ying.

Qulupnayli galeta

Foto: Marie Claire

Kerakli mahsulotlar:

  • 1 kg qulupnay
  • 1,25 stakan un
  • 0,75 stakan shakar
  • 3 osh qoshiq shakarqamish
  • 1/4 choy qoshiq tuz
  • 1 bo‘lak sariyog‘
  • 1/2 paket krem ​​pishloq
  • 1 ta tuxum
  • 1 osh qoshiq makkajo‘xori kraxmali
  • 1 choy qoshiq limon po‘sti
  • vanil
  • suv

Oshxona kombaynida un, tuz va 1 osh qoshiq shakarni aralashtiring. Krem pishloq va sariyog‘ qo‘shing. 3-4 osh qoshiq suv qo‘shing va xamir bo‘lguncha aralashtiring.

Xamirni muzlatkichda kamida 1 soat yoki bir kechaga qoldiring.

Xamirni diametri 20 santimetr va qalinligi bir santimetrdan kichik bo‘lgan doira bo‘lguncha yoying. Xamirni yana 30 daqiqaga muzlatkichga qo‘ying, bu orada pechni 175 darajaga qizdiring.

Блок RTB — Моб.F.Ad (ID блока: R-A-493493-6)

Katta idishda qulupnayni makkajo‘xori, vanil, limon po‘sti va qolgan shakar bilan aralashtiring. Qulupnaylarni xamirning ustiga qo‘ying, chetidan 2 sm qoldiring. Kengligi 2 santimetr bo‘lgan halqa hosil qilish uchun xamirning chetlarini qulupnay ustiga qatlang. Ustiga tuxum sarig‘ini surting va jigarrang shakar seping. Biskvitni oldindan qizdirilgan pechda 175 gradusda usti tillarang bo‘lguncha 40-45 daqiqa davomida pishiring.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz