Lifehacker nashri taqdim etgan retseptga ko‘ra, qat-qat xamir va quyultirilgan sutdan bir zumda sevimli shirinlikni tayyorlash mumkin. Bu tasavvur qilganingizdan ham ko‘ra osonroq.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • xamirturushsiz qat-qat xamir — 450 gramm;
  • quyultirilgan sut — 200 gramm;
  • sut — 3 osh qoshiq;
  • shakar — 1 osh qoshiq.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Xamir 15-20 santimetr kenglikda to‘rtburchak shaklida yoyiladi.
  2. 8-10 ta teng to‘rtburchak shaklda kesib olinadi va har bir to‘rtburchak ikkita uchburchak shaklida kesib chiqiladi.
  3. Uchburchak xamirning keng qismiga 1-2 choy qoshiq quyultirilgan sut solinadi va rulet saklida o‘raladi.
  4. Pech 200 darajaga qizdiriladi va pishirish varag‘iga pergament qog‘oz joylashtiriladi.
  5. Rogaliklar qog‘oz ustidan terib chiqiladi va yuzasiga sut surtilib, shakar sepiladi.
  6. So‘ngra 15-20 daqiqa davomida yuzasi qizarguncha pishiriladi.

Yoqimli ishtaha!

Блок RTB — Моб.F.Ad (ID блока: R-A-493493-6)

От qwert.uz