Lifehacker nashri doimgidek bir-biridan ajoyib retseptlar bilan bo‘lishadi. Bu safar qo‘y go‘shtini yumshoq hamda xushta’m, suyakdan osongina ajraladigan tarzda pishirish sirlarini ochdi. Aytgancha, mazali qo‘y go‘shti uchun eng yaxshi garnir, albatta, qizarib pishgan kartoshkalardir.

— Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • sarimsoq — 1 bosh;
  • piyoz — 1-2 dona;
  • rozmarin — 1-2 yaproq;
  • qo‘y oyog‘i — 2-2,5 kilogramm;
  • mol yoki tovuqli bulyon — 750-800 ml;
  • suv — 500 ml;
  • zaytun moyi — 1,5 osh qoshiq;
  • go‘sht uchun ziravorlar, murch va tuz.
Блок RTB — Моб.F.Ad (ID блока: R-A-493493-6)

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Sarimsoq ikkiga, piyoz esa to‘rtga bo‘linib, ichi chuqur idishga rozmarin bilan birgalikda solinadi.
  2. Qo‘y oyog‘iga tuz va ziravorlar sepilib, piyoz va sarimsoq solinadi.
  3. Ustidan suv bilan bulyon quyiladi va zaytun yog‘i qo‘shiladi.
  4. Idish yuzasi folga bilan o‘raladi.
  5. Taxminan 5 soat davomida 170 daraja pechda pishirishga qo‘yiladi.
  6. So‘ngra folga olinib, qo‘y go‘shti aylantiriladi va yana 45 daqiqa davomida pishiriladi.
  7. Taomni ta’bga ko‘ra garnir bilan dasturxonga torting.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz