Lifehacker nashri taqdim etgan ushbu retsept uchun atigi uch mahsulot kerak bo‘ladi. Mazasi og‘izda qoladigan rulet 15 daqiqa ichida dasturxondan joy egallaydi.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • tuxum — 4 dona;
  • pishloq — 80-100 gramm;
  • sariyog‘ — 1 choy qoshiq;
  • ko‘kat va tuz.
Блок RTB — Моб.F.Ad (ID блока: R-A-493493-6)

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Tuxum sarig‘i oqidan ajratib olinadi va alohida idishga solinadi.
  2. Tuxum sarig‘iga tuz, oqiga esa mayda to‘g‘ralgan ko‘kat solib, sanchqi yordamida aralashtiriladi.
  3. Pishloq ikkita uzunchoq shaklga bo‘linadi.
  4. Sariyog‘ tovada past olovda eritiladi va ustidan tuxum sarig‘i solinadi.
  5. Tuxum sarig‘i pishgach, ustiga pishloq bo‘lagi solinadi va tuxumning ikki tomoni rulet shaklida pishloq ustiga yopiladi.
  6. Tuxum oqining yarmi tovaga quyiladi va pishib chiqqach, rulet uning bir chetiga qo‘yiladi va yana tuxum oqi rulet shaklida o‘raladi.
  7. Tuxum oqining qolgan qismi quyiladi va jarayon yana takrorlanadi. Shunda ruletning barcha qismi tuxum bilan butunlay qoplanadi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz