Lifehacker nashrida taqdim etilgan navbatdagi retseptga ko‘ra, kesadilyaning tayyorlash juda oson, mazasi esa og‘zida qoladi. Nachinkasiga boshqa mahsulotlardan ham qo‘shish mumkin.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • piyoz — 1/2 dona;
  • dudlangan kolbasa — 250 gramm;
  • o‘simlik moyi — 1 osh qoshiq;
  • makkajo‘xori — 120 gramm;
  • qattiq pishloq — 180 gramm;
  • tortilla — 8 dona;
  • kinza, achchiq sous.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Piyoz va kolbasa mayda to‘rtburchak shaklda to‘g‘raladi. Yog‘ tovada qizdiriladi.
  2. Piyoz yumshagunga qadar 2-3 daqiqa davomida qovuriladi. Ustidan kolbasa va makkajo‘xori qo‘shiladi va yana 3-4 daqiqa pishiriladi.
  3. Pishloq qirg‘ichdan o‘tkaziladi.
  4. Bitta tortilla quruq tovaga solinadi va ustidan pishloq sepiladi. So‘ngra ustidan nachinka solinadi.
  5. Ta’bga ko‘ra, kinza va sous ham qo‘shish mumkin.
  6. Nachinka ustidan yana pishloq sepiladi va yana bir tortilla bilan yopiladi. Har ikki tomoni qizarguncha pishiriladi.
  7. Qolgan kesadilyalar ham xuddi shu tarzda tayyorlanadi. Dasturxonga tortishdan avval issiq yeguliklar to‘rtga bo‘linadi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz