Lifehacker nashri yana bir oddiy hamda mazali tort retsepti bilan bo‘lishdi. Asalli tortni tayyorlashning bir necha usuli bo‘lsa, ushbu retseptga ko‘ra, shirinlikni pechda pishirishga hojat yo‘q.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • asalli pechenye;
  • qaymoq — 2 stakan;
  • krem-pishloq — 250 g;
  • sariyog‘ — 250 g;
  • quyultirilgan sut;
  • shokolad.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Sariyog‘ pishloq bilan silliq bo‘lguncha mikser qilinadi.
  2. Alohida idishda quyultirilgan sut va qaymoq aralashtiriladi.
  3. Ikki aralashma bir-biriga qo‘shiladi.
  4. Tort solinadigan katta qolip idish olinadi va unga tayyor massadan surtiladi.
  5. So‘ngra bir qavat asalli maydalangan pechenye solinadi.
  6. Ustidan yana krem va pechenye joylashtiriladi.
  7. Barcha masalliqlar tugagunga qadar shu tarzda davom etiladi.
  8. Tortning yuzasi krem bilan tekislanib, ta’bga ko‘ra shokolad bilan bezak beriladi.
  9. Muzlatkichga bir kunga qo‘yiladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz