Kompot yoki kisel: kimdir ularni bolaligidan yaxshi ko‘radi va kimdir faqat balog‘at yoshidagina tatib ko‘rgan. Quyida bolalikdagi lazzatli ichimliklar retsepti bilan tanishing.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Olxo‘rili kompot

Foto: “Noviy ochag”

  • olxo‘ri — 700 g
  • suv — 2,6 l
  • shakar — 280 g
  • limon kislotasi — 7 g
  1. Sterillangan bankalarni yarmini yoki uchdan bir qismini olxo‘ri bilan to‘ldiring. Kichik olxo‘rilarni tish kovlagich bilan teshib butunligicha soling, katta olxo‘rini yarmiga bo‘ling va urug‘larni olib tashlang.
  2. Siropni qaynatib oling, olxo‘ri to‘ldirilgan bankalarga quying, 3 daqiqaga qoldiring. Keyin bankadagi suvni kastrlyulkaga to‘kib, qaynatib oling. Yana olxo‘ri ustiga bankaning yuqori qismigacha quying.
  3. Bankalarni yaxshilab yopib, to‘ntarib qo‘ying, adyol bilan o‘rang va sovushini kuting. Sovutilgan bankalarni ag‘darib, taxlang.

Rovochli kisel

Foto: “Noviy ochag”

  • rovoch — 5 dona
  • qulupnay — 300 g
  • kartoshka kraxmali — 3 osh qoshiq
  • shakar
  1. 3 litrli idishda suvni qaynatib, shakar, to‘g‘ralgan qulupnay va rovoch qo‘shing.
  2. Kraxmalni sovuq suvda suyultiring, qaynoq kompotga quying va aralashtiring.
  3. Rovochli kiselni sovutib, idishga quying

Olcha kisel

Foto: “Noviy ochag”

  • danaksiz olcha — 300 g
  • shakar — 3 osh qoshiq
  • kraxmal -3 osh qoshiq
  • suv — 700 ml
  1. Gilos va shakarni bir idishga solib, 600 ml suv quying va qaynatib oling. Taxminan 2 daqiqa qaynating.
  2. Qolgan 100 ml suvda kraxmalni eritib, olchaga qo‘shing. Aralashtiring va yana qaynating, gazdan olib, kerakli haroratga sovutib oling.
  3. Agar sovutgandan so‘ng, kisel quyuq bo‘lmasa, yana 1 choy qoshiq kraxmal qo‘shish mumkin.

Olchali kompot

Foto: “Noviy ochag”

  • yangi yoki muzlatilgan olcha — 1 kg
  • rovoch (poyalari) -350 g
  • limon — ½ dona.
  • suv -3 l
  • shakar — 1 stakan
  • asal
  1. Katta idishda 3 litr suv qaynatib oling.
  2. Suv qaynayotganda, olchani yuvib, tayyorlab oling. Rovochni yuvib, tozalab, mayda bo‘laklarga bo‘ling.
  3. Qaynayotgan suvga shakar va asal qo‘shing, olcha va tug‘ralgan rovoch qo‘shing, qaynaguncha kutib turing va olovni o‘chiring.
  4. Kompotni sovutib, idishga quying. Muz bilan dasturxonga torting.

Krijovnikli kompot

Foto: “Noviy ochag”

  • krijovnik — 500 g
  • shakar — 150 g
  • suv — 1 l
  • yalpiz — 5 ta yaproq
  1. Dastlab krijovnikni yuvish va haddan tashqari pishgan rezavorlarni olib tashlash kerak, qolganlari esa qizdirilganda yorilib ketmasligi uchun igna bilan teshib chiqiladi.
  2. Kastryukga shakar va yalpiz solib, suv quying. Qaynagach tayyor krijovniklarni soling.
  3. Qaynab chiqqach, kompotni past olovda 2 daqiqa davomida pishiring, so‘ngra gazdan olib, soviting.

От qwert.uz