Ozarbayjon oshxonasiga mansub ushbu yegulik vitaminlarga boy bo‘lib, ko‘katlar hamda pishloq bilan birgalikda ajoyib ta’mni hosil qiladi. Lifehacker nashri taqdim etgan retseptga ko‘ra mazkur yegulikni, albatta, tayyorlab ko‘rishingizni tavsiya qilamiz.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

Xamir uchun:

  • bug‘doy uni — 120 gramm;
  • butun bug‘doy uni — 120 gramm;
  • suv — 400-500 ml;
  • o‘simlik yog‘i — 1 osh qoshiq;
  • tuz — 1/4 choy qoshiq.

Nachinka uchun:

  • ismaloq — 1 bog‘lam;
  • ko‘k piyoz — 3 dona;
  • piyoz — 1/2 dona;
  • feta pishlog‘i — 70 gramm;
  • limon — 1 dona;
  • o‘simlik yog‘i — 1 osh qoshiq;
  • ukrop, yalpiz, kashnich.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Ikki turdagi un mahsulotlari bir-biri bilan aralashtiriladi. Ustidan tuz va qaynagan suv quyiladi va xamir qoriladi.
  2. Xamir sochiq bilan yopilib, bir necha daqiqaga tindirishga qo‘yiladi. Keyin yog‘ qo‘shilib, yana yaxshilab qoriladi va 30 daqiqaga qoldiriladi.
  3. Ko‘katlarning barchasi yaxshilab yuvilib, mayda to‘g‘raladi. Pishloq maydalanadi va limondan bir osh qoshiq sharbat siqib olinadi.
  4. Yog‘ o‘rtacha olovda qizdiriladi. Birinchi bo‘lib piyoz qovuriladi.
  5. Ustidan ko‘k piyoz, ismaloq va limon sharbati qo‘shiladi. Bir necha daqiqa qovurilgach, aralashma olovdan olinadi.
  6. So‘ngra massaga qolgan ko‘katlar va pishloq solib aralashtiriladi hamda sovitishga qo‘yiladi.
  7. Xamir bir necha bo‘laklarga bo‘linib, yupqa qilib yoyiladi.
  8. Nachinkadan bir qism olib, dumaloq xamirning teng yarmiga solinadi. Ikkinchi yarmi bilan xamir yopiladi va chet qismi yaxshilab bosiladi.
  9. Chiroyli ko‘rinishi uchun xamir chetini sanchqi yordamida bosib chiqish mumkin.
  10. Xuddi shu tarzda bichaklarning qolgan qismi ham tayyorlanadi.
  11. Tovada yog‘ o‘rtacha olovda qizdiriladi. Bichaklar har ikki tomoni qizarguncha qovuriladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz