Odatda shirinliklarni pishirish uchun ko‘p vaqt ketadi. Lekin “Noviy ochag” nashri” atigi 5 daqiqa ichidan tayyorlash mumkin bo‘lan shokoladli keks retsepti bilan bo‘lishdi.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: “Noviy ochag”

Kerakli mahsulotlar:

  • un —  osh qoshiq;
  • kakao — 2 osh qoshiq;
  • shakar — 2 osh qoshiq;
  • tuxum — 1 dona;
  • sut — 3 osh qoshiq;
  • o‘simlik yog‘i — 3 osh qoshiq;
  • qabartma — 1/2 choy qoshiq.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Un, kakao, shakar va qabartma yaxshilab aralashtiriladi.
  2. Sut, yog‘ va tuxum alohida idishda aralashtiriladi.
  3. So‘ngra ikki massa qo‘shiladi.
  4. Tayyor bo‘lgan massa 250 grammli yog‘langan krujkaga quyiladi.
  5. Krujka mikroto‘lqinli pechga qo‘yiladi va 800 vatt quvvatda 5 daqiqa davomida pishiriladi.
  6. Keyin sovutishga qo‘yiladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz