Lifehacker nashri taqdim etgan ushbu retsept juda foydali bo‘lib, yegulikni tayyorlash uchun atigi 15 daqiqa ketadi.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Kerakli mahsulotlar:

  • qattiq pishloq — 140 gramm;
  • kolbasa — 70 gramm;
  • lavash xamiri — 1 dona;
  • tuxum — 1 dona;
  • o‘simlik yog‘i — 1 osh qoshiq;
  • tuz.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Kolbasa yupqa, pishloq biroz qalinroq qilib kesib olinadi.
  2. Lavash xamiri ham bir necha to‘rtburchakka bo‘lib, kesib olinadi.
  3. Har bir lavash bo‘lagiga pishloq ustidan kolbasa va yana pishloq qo‘yib chiqiladi.
  4. Lavash xamirining bir uchi ikkinchi uchiga qarata yopiladi. Yeguliklarda xuddi konvert shakli hosil bo‘lishi kerak.
  5. Tuxum tuz bilan aralashtiriladi.
  6. So‘ngra har bir lavashli yegulik tuxumga botirilib, yog‘da ikki tomoni qizargunga qadar qovurib olinadi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz