Tovuq go‘shti, pishloq va sabzavotlar qo‘shib pishiriladigan taom juda mazali bo‘lib, pomidor unga yanada ajoyib ta’m qo‘shadi. Lifehacker nashri taqdim etgan ushbu retseptni, albatta, tayyorlab ko‘rishingizni tavsiya qilamiz.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • piyoz — 1 dona;
  • sarimsoq — 2-3 bo‘lak;
  • pishloq — 80 gramm;
  • pomidor — 6 dona;
  • o‘simlik yog‘i — 2 osh qoshiq;
  • tovuq go‘shti qiymasi — 200 gramm;
  • ko‘kat, tuz va ziravorlar.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Piyoz, sarimsoq, ko‘kat va pishloq mayda to‘g‘raladi.
  2. Pomidorning yuqori qismi ehtiyotkorlik bilan kesib olinadi.
  3. Ichi choy qoshiq yordamida o‘yib olinadi.
  4. Yog‘ o‘rtacha olovda qizdiriladi. Piyoz yumshagunga qadar qovuriladi.
  5. Ustidan sarimsoq qo‘shib, yana 30 soniya pishiriladi.
  6. So‘ngra tovuq qiymasi, to‘g‘ralgan pomidor qo‘shiladi. 5-6 daqiqa davomida qovuriladi.
  7. Tuz va ziravorlar qo‘shiladi va sovitishga qo‘yiladi.
  8. Tayyor bo‘lgan nachinka bilan pomidorlar ichi to‘ldiriladi. Ustidan qirg‘ichdan o‘tkazilgan pishloq sepiladi.
  9. Taxminan 20-25 daqiqa davomida 180 daraja qizdirilgan pechda pishiriladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz