Lifehacker nashri havola etgan navbatdagi taom retsepti smetana qo‘shib tayyorlangani uchun ham takrorlanmas ta’mga ega.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Kerakli mahsulotlar:

  • qovoqcha — 2 dona;
  • kartoshka — 400 gramm;
  • karam — 200-250 gramm;
  • bulg‘or qalampiri — 2 dona;
  • pomidor — 2-3 dona;
  • smetana — 2 osh qoshiq;
  • suv — 100-150 ml;
  • tuz va ziravorlar.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Barcha sabzavotlar tozalanib, o‘rtacha kattalikda to‘g‘raladi.
  2. Yog‘ o‘rtacha olovda qizdiriladi. Qovoqcha bulg‘ori qalampiri bilan 5-6 daqiqa davomida qovuriladi.
  3. Ustidan karam, pomidor va kartoshka qo‘shiladi.
  4. Smetana suv bilan aralashtirilib, sabzavotlar ustidan quyiladi.
  5. Qaynab chiqqach, taxminan 25 daqiqa davomida o‘rtacha olovda dimlab pishiriladi.
  6. Tayyor bo‘lishidan 5 daqiqa oldin tuz va ziravorlar qo‘shiladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz