Dolchin qo‘shilgan nozik ta’mli desert tez va oson tayyorlanishi bilan birga, mazasi bilan ham dasturxoningizdanjoy oladi.
— Manba: «Daryo» nashri.
Kerakli mahsulotlar:
- saryog‘ — 100 g
- banan — 2 ta
- un — 100 g
- razrixlitel — 12 g
- shakar — 100 g
- maydalangan dolchin — 2 choy qoshiq
- tuxum — 2 ta
- sut — 2 osh qoshiq
- shakar kukuni
Tayyorlanish jarayoni:
- Yumshatilgan sariyog‘ni idishga soling. Mikroto‘lqinli pechda 30-60 soniya davomida yuqori quvvatda eriting.
- Bir yarimta bananni ezing. Erigan sariyog‘ga banan, un, razrixlitel, shakar, dolchin, tuxum va sut qo‘shib aralashtiring.
- Qolgan bananni bo‘laklarga bo‘ling va puding ustiga tering.
- Mikroto‘lqinli pechda yuqori quvvatda 8 daqiqa davomida pishiring.
- Pudingni iliq holda, ustiga shakar kukuni sepib dasturxonga torting.
Yoqimli ishtaha!