Yozning issiq kunlarida eng yaxshi tetiklantiruvchi ichimliklardan biri muzli choy bo‘lib, uni tayyorlash juda oson. Marie Claire nashri mazali hamda foydali ichimlikning 4 xil retsepti bilan bo‘lishdi.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Limon va rayhonli choy

Kerakli mahsulotlar:

  • yarim bo‘lak limon;
  • rayhon barglari;
  • ko‘k choy — 2 paket;
  • qaynagan suv — 3 stakan;
  • asal.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Limon, rayhon, ko‘k choy va asal idishga solib, ustidan qaynoq suv quyiladi.
  2. Choy 15 daqiqaga qoldiriladi va ichidan choy paketi olinadi.
  3. Ichimlik to‘liq sovishi uchun 3-4 soatga muzlatkichga qo‘yiladi.

Kokos va laymli choy

Kerakli mahsulotlar:

  • qora choy — 2 paket;
  • yarim bo‘lak laym;
  • kokos suvi — 3 stakan;
  • asal.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Laym, choy va asal bir idishga solinadi.
  2. Mahsulotlar ustiga qaynatilgan kokos suvi quyiladi va 15 daqiqaga qoldiriladi.
  3. Keyin choy paketlari olinib, ichimlik muzlatkichga 3-4 soatga qo‘yiladi.

Shaftoli va zanjabilli choy

Kerakli mahsulotlar:

  • shaftoli — 1 dona;
  • ko‘k choy — 2 paket;
  • zanjabil — 4 bo‘lak;
  • qaynagan suv — 3 stakan;
  •  asal.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. To‘g‘ralgan shaftoli, asal, zanjabil va choy bir litrli idishga solinadi.
  2. Ustidan qaynagan suv quyiladi. Keyin choy paketlari va zanjabil bo‘laklari olib tashlanadi.
  3. Ichimlik yana 3-4 soatga muzlatkichga qo‘yiladi.

Maymunjon va yalpizli choy

Kerakli mahsulotlar:

  • maymunjon — yarim stakan;
  • yalpiz barglari;
  • ko‘k choy — 2 paket;
  • qaynagan suv — 3 stakan;
  • asal.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Maymunjon, yalpiz, asal va ko‘k choy idishga solinadi.
  2. Ustidan qaynagan suv quyiladi va 15 daqiqaga qoldiriladi.
  3. Ichidan ko‘k choy olinib, 3-4 soatga muzlatkichga qo‘yiladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz