Lifehacker nashri taqdim etgan navbatdagi ajoyib retsept mazali hamda to‘yimli oladyedir. Yegulikni tayyorlash uchun ko‘p vaqt sarflash shart emas.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Kerakli mahsulotlar:

  • qovoqcha — 500 gramm;
  • kurka go‘shti — 300 gramm;
  • piyoz — 1 dona;
  • un — 3 osh qoshiq;
  • tuxum — 1 dona;
  • o‘simlik yog‘i — 1-2 osh qoshiq;
  • ko‘kat, tuz va ziravorlar.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Qovoqchani qirg‘ichdan o‘tkazib, tuz solinadi va suvi  chiqquncha 5 daqiqaga qoldiriladi.
  2. So‘ngra sharbati siqib olinadi.
  3. Qovoqchaga kurka qiymasi, to‘g‘ralgan piyoz, ko‘kat va ziravorlar solinadi.
  4. Aralashmaga un va tuxum solinib yaxshilab aralashtiriladi.
  5. O‘simlik yog‘i tovaga quyilib, o‘rtacha olovda qizdiriladi.
  6. Oladyelar har ikki tomoni qizargunga qadar pishirib olinadi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz