Mazasi og‘zingizda qoladi: serbcha taom — chevapchichi tayyorlaymiz

Mazkur serb taom uchun qiyma yangi sarimsoq, paprika va ozgina soda bilan ziravorlanadi. Ushbu noodatiy komponent go‘shtni yumshatadi va kolbasalarni shirali va yumshoq qiladi.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Kerakli mahsulotlar:

  • sarimsoq — 4 bo‘lak
  • petrushka — ½ bog‘
  • qiyma — 1 kg
  • tuz —1 choy qoshiq
  • paprika — 1 choy qoshiq
  • murch — 1 choy qoshiq
  • osh sodasi — 1 choy qoshiq
  • suv — 50 ml
  • zaytun moyi —1 osh qoshiq

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Sarimsoqni tozalab, maydalagichda ezib oling. Petrushkani ham mayda to‘g‘rang.
  2. Qiymaga sarimsoq, petrushka, tuz va ziravorlar solib, yaxshilab aralashtiring.
  3. Sovuq suvga soda solib, aralashmani qiymaga qo‘shing, 5 daqiqa davomida yaxshilab aralashtiring.
  4. Qiymadan kichik kolbasalar tayyorlang. Tovada zaytun moyini qizdiring.
  5. Ikki tomonini qizartirib, 3-4 daqiqa davomida qovuring.

Yoqimli ishtaha!