Yozgi jazirama kuchayib bormoqda. Muzqaymoq iste’mol qilish esa tetiklanish va kayfiyatni ko‘tarishning eng oson yo‘li. Brenners Park-Hotel & SPA bosh oshpazi Viktoriya Lund uy da tayyorlash mumkin bo‘lgan muzqaymoqning oddiy retsepti bilan o‘rtoqlashadi.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Kerakli mahsulotlar:

  • yumshoq tvorog yoki quyuq yogurt — 250 g
  • asal — 4 osh qoshiq
  • ko‘pirtirilgan qaymoq — 400 g

Tayyorlanishi: 

  1. Tvorog yoki yogurtni asal va laym po‘stiga qo‘shing. Ko‘pirtirilgan qaymoq qo‘shing va astalik bilan aralashtiring.
  2. Aralashmani muzlatkichga qo‘ying, vaqti-vaqti bilan aralashtirib turing.
  3. Tayyor muzqaymoqni bo‘laklarga bo‘ling va xohishga qarab laym po‘sti, rezavor yoki yong‘oq bilan bezang.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz