Mazkur to‘yimli taomni tayyorlash oson: go‘sht va sabzavotlarni bo‘laklab, hamma mahsulotlarni folgada pishiring. Barcha sabzavotlar bir-birining hidi va ta’mi bilan to‘yinadi.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Kerakli mahsulotlar:

  • Pomidor — 3 dona
  • Tovuq filesi — 600 g
  • Baqlajon — 3 dona
  • Bulg‘or qalampiri — 1 dona
  • Sabzi —1-2 dona
  • Piyoz — 1 dona
  • Sarimsoq — 2-3 bo‘lak
  • O‘simlik moyi — 4-5 osh qoshiq
  • Paprika — ½ choy qoshiq
  • Murch
  • Tuz

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Pomidorni bir necha soniyaga qaynoq suvga solib, po‘stidan tozalab oling. Pichoq yoki blenderda maydalang.
  2. Baqlajon va tovuq go‘shtini o‘rta bo‘laklarga, qalampir va sabzini kichik bo‘laklarga, piyozni to‘rtga yoki ikkiga bo‘ling. Sarimsoqni pichoqda maydalang yoki qirg‘ichdan o‘tkazing.
  3. Go‘sht, baqlajon, pomidor, sabzi va qalampirni idishga solib, 2-3 osh qoshiq yog‘, tuz, murch va paprika qo‘shing va aralashtiring.
  4. Piyoz yumshaguncha skovorodkada 2 osh qoshiq yog‘da qovuring. Ustiga sarimsoq solib, 30 soniyadan keyin olovdan oling.
  5. Piyoz va sarimsoqni qolgan mahsulottlar bilan aralashtiring. Pech patnisiga solib, folga bilan yoping. Taxminan 30 daqiqa yoki undan ko‘proq vaqt davomida 190 darajaga oldindan qizdirilgan pechga qo‘ying.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz