“Noviy ochag” nashri oshpaz va professional pishloq ishlab chiqaruvchi Yuliya Makiyenkoning tvorogli shirinlik retseptini taqdim etdi.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: “Noviy ochag”

Kerakli mahsulotlar:Shirinlik uchun:

  • tvorogli pishloq yoki tvorog — 400 gramm;
  • sariyog‘ — 50 gramm;
  • shakar upasi — 20 gramm;
  • vanil — 1 osh qoshiq;
  • qora shokolad — 50 gramm.

Glazur uchun:

  • sutli shokolad — 200 gramm;
  • o‘simlik yog‘i — 40 gramm;
  • qovurilgan yong‘oqlar — 50 gramm. 
Foto: “Noviy ochag”

Idish ichiga tvorogli sariyog‘, shakar upasi va vanil solinib, blender yordamida yaxshilab aralashtiriladi.

Foto: “Noviy ochag”

Aralashma ikkiga bo‘linib, bir qismiga kakao qo‘shiladi va aralashtirishda davom etiladi.

Foto: “Noviy ochag”

Qo‘l yordamida aralashma kerakli shaklga keltiriladi va qoliplarga solinadi, muzlatkichga bir soatga qo‘yiladi.

Foto: “Noviy ochag”

Sutli shokolad bug‘ yordamida eritib olinadi.

Foto: “Noviy ochag”

Ustidan o‘simlik yog‘i quyiladi va maydalangan yong‘oq solinadi. So‘ngra yaxshilab aralashtiriladi.

Foto: “Noviy ochag”

Muzlagan tvorogli shirinliklar muzlatkichdan olinadi. Eritilgan shokolad stakanga quyiladi.

Foto: “Noviy ochag”

Shirinliklar maxsus tutqich yordamida shokoladli aralashmaga botirib olinadi.

Foto: “Noviy ochag”

So‘ngra yana besh daqiqaga muzlatkichga qo‘yiladi.

Foto: “Noviy ochag”

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz