Ushbu mazali taom inson organizmi uchun foydali hisoblanadi. Agar siz uni tovuq sho‘rvasidan tayyorlasangiz, yanada to‘yimli ovqatga aylanadi. Tovuq sho‘rvasining o‘rniga suv qo‘shsangiz, xushbo‘y va ajoyib taom hosil bo‘ladi. Yengil hazm bo‘luvchi quyuq sho‘rvaning tarkibidagi mahsulotlar vitaminlarga boy.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli masalliqlar:

  • qovoqcha — 1 kg;
  • ko‘k piyoz — 1 bog‘;
  • sarimsoq — 2 donacha;
  • o‘simlik yog‘i — 1 qoshiq;
  • tovuq sho‘rvasi yoki suv — 800 ml;
  • qaymoq — 300-400 ml;
  • tuz — ta’bga ko‘ra;
  • murch — ta’bga ko‘ra.

Tayyorlanishi:

  1. Qovoqchani o‘rta bo‘laklarga bo‘lib, piyozni esa maydalab to‘g‘rab oling. Sarimsoqni ham maydalab to‘g‘rang yoki qirg‘ichdan o‘tkazing.
  2. O‘simlik yog‘ini o‘rtacha olovda qizdiring. Piyozni yumshoq bo‘lguncha va sal qizarguncha bir necha daqiqa davomida qovuring. Unga sarimsoqni ham qo‘shing va aralashtirib, yana yarim daqiqa pishiring.
  3. Qovoqchani tovuq sho‘rvasi yoki suvda past olovda pishiring. Unga sabzavotlarni ham qo‘shib, yumshoq bo‘lguncha taxminan 15 daqiqa davomida qaynating.
  4. Mahsulotlarni suvdan yoki sho‘rvadan oling va blender yordamida ezing.
  5. Unga qaymoq, tuz va murchni qo‘shing. Barchasini aralashtirib, sovitilgan holda iste’mol qiling.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz