Yalpiz va qatiq qo‘shib tayyorlanadigan pryaniklar mazali ta’m va xushbo‘y hidga ega. Pryaniklarning ichiga o‘zingizga yoqqan murabbo yoki shokolad qo‘shishingiz mumkin.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli masalliqlar:

  • tuxum — 2 dona
  • shakar — 200 g
  • qatiq — 350 ml
  • o‘simlik yog‘i — 3 qoshiq
  • yalpiz damlamasi — 1 qoshiq
  • iste’mol sodasi — 1 qoshiq
  • un — 700-800 g

Glazur uchun kerakli masalliqlar:

  • suv — 70 g
  • shakar — 140 ml

Tayyorlanishi:

  1. Pechni 190 daraja haroratda oldindan qizdiring. Listni pergament qog‘oz bilan o‘rang.
  2. Tuxum bilan shakarni ko‘pirtiring. Unga qatiq, o‘simlik yog‘i va yalpiz damlamasini soling, yana ko‘pirtirib oling. Ustiga soda qo‘shib aralashtiring.
  3. Aralashmaga sekin-asta un qo‘shing, yumshoq va silliq xamir hosil qiling. Xamirni 50-60 g og‘irlikdagi teng qismlarga bo‘ling, ularni to‘pchalarga aylantiring va ustini biroz bosib tekislang.
  4. Xamirlarni pishirish varag‘iga qo‘ying va orasida kichik masofa qoldiring. Pryaniklarni qizargunga qadar 25-30 daqiqa davomida pishirib oling.
  5. Prayniklarni pechga qo‘yganingizdan keyin suv bilan shakarni aralashtiring. Aralashmani 3-4 daqiqa davomida qaynatib oling.
  6. Tayyor pishiriqlarini katta idishga soling, ustiga issiq siropni quying va yaxshilab aralashtiring. Prayniklarni bir necha daqiqaga qo‘yib quritib oling.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz