Vitamin komplekslari faqat to‘g‘ri qabul qilingan taqdirdagina foydali. Bizga zarur bo‘lgan barcha vitamin va minerallarning kamida uchdan ikki qismi oziq-ovqatdan olinishi kerak, qolgan uchdan bir qismi esa qo‘shimcha sifatida qabul qilinishi mumkin. Dorilarda bo‘lgani kabi sintezlangan vitaminlarni qabul qilishda muayyan qoidalariga rioya qilish lozim, aks holda, ular foydasiz, hatto, sog‘liq uchun xavfli bo‘lishi ehtimoldan holi emas.

— Manba: «Daryo» nashri.

Muvozanatlashtirilgan ovqatlanish o‘rniga vitaminlarni qabul qilish

Vitaminlar muvozanatli diyetani vaqtincha o‘rnini bosishi mumkin, ammo ularni to‘g‘ri ovqatlanish bilan to‘liq almashtirib bo‘lmaydi. Mabodo biror sababga ko‘ra siz turli xil to‘yimli taomnomaga amal qila olmasangiz, vitaminlar va qo‘shimchalarni qabul qiling. Mavsumiy vitamin tanqisligini qoplash uchun qo‘shimcha minerallar iching, ammo buni doimiy strategiyaga aylantirmang. Va qabul qilishdan oldin har doim shifokor bilan maslahatlashing.

Vitaminlarni saqlash qoidalarini buzish

Vitaminlar boshqa dorilar kabi eʼtibor talab qiladi. Hatto, saqlash yoki qabul qilish qoidalarining ozgina buzilishidan ham ularning organizmga taʼsirini sezilarli darajada o‘zgartirishi mumkin. Shuning uchun saqlash qoidalarini diqqat bilan o‘rganib chiqing va har qanday holatda buzmang.

Vitaminlarni och qoringa qabul qilish

Vitaminlar va mikroelementlarning barchasidan faqat bir nechtasi och qoringa qabul qilish uchun mos keladi. Qolganlarning hammasi agar och qoringa qabul qilingan bo‘lsa, ko‘ngil aynishi, qorin og‘rig‘i va boshqa noxush holatlarning kelib chiqishga sabab bo‘ladi. Vitaminlarni har doim ovqatdan keyin ichgan maʼqul.

Mos kelmaydiganlarni birlashtirish

Agar biror bir dori-darmonlar bilan bir vaqtda vitaminlar va biologik faol qo‘shimchalar qabul qilsangiz, ehtiyot bo‘ling: ularning ko‘pchiligi dorilarning taʼsirini kuchaytirishi, zaiflashtirishi yoki butunlay “bekor qilishi” mumkin. Alaloqibat, kutganingizdan mutlaqo teskari taʼsir kelib chiqishi hech gap emas. Ayrim kombinatsiyalar butunlay halokatli bo‘lishi mumkin. Dori vositalari va biologik faol qo‘shimchalarning o‘zaro taʼsirini diqqat bilan o‘rganing yoki davolanish kursi davomida ularni qabul qilishdan butunlay voz keching.

Tahlillardan avval vitaminlar ichish

Analizlar yoki boshqa tibbiy testlardan o‘tmoqchi bo‘lsangiz, biotahlilni olishdan kamida bir kun oldin hech qanday qo‘shimchalarni qabul qilmagan maʼqul. Shuningdek, shifokorga qaysi qo‘shimchalarni qabul qilayotganingizni aytishingiz kerak, chunki ularning taʼsiri kutilmagan laboratoriya tekshiruvi natijalariga olib kelishi va to‘g‘ri tashxis qo‘yishni qiyinlashtirishi mumkin.

От qwert.uz