Albatta, tashxisni tibbiy tekshiruvdan so‘ng faqat shifokor qo‘yadi. Va bu alomatlarning har biri organizmning butunlay boshqa holatlari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Vahima qilishning hojati yo‘q, signallarni o‘z vaqtida bilish uchun sog‘lig‘ingizga ehtiyot bo‘ling.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Bosh og‘rig‘i

Foto: “Noviy ochag”

Afsuski, hatto shifokor ham migren, bosh og‘rig‘i va o‘smalar keltirib chiqaruvchi og‘riqlar o‘rtasidagi farqni har doim ham ayta olmaydi. Agar og‘riqlar sizni har kuni qiynasa, ular uzoq davom etsa va intensivligi doimiy ravishda o‘sib borayotgan bo‘lsa, shifokor bilan maslahatlashing va undan sizni miya uchun maxsus tibbiy tadqiqotlarga yuborishini so‘rang.

Ko‘rishning buzilishi

Bemorlarning o‘zlari ham maʼlum bir nuqtaga qadar bilmasligi mumkin bo‘lgan yana bir yashirin alomat — bu periferik ko‘rishning buzilishi. Ko‘pincha bu alomat doimiy ravishda mashina haydaydiganlarda uchraydi — to‘satdan ko‘rish maydoni torayadi. Shifokorlar aytganidek, ko‘pincha bu alomat gipofiz bezida shish paydo bo‘lishi haqida ogohlantirishi mumkin.

Kuchsizlik va uyquchanlik

Foto: “Noviy ochag”

Miyaning motor qobig‘i ham butun tana mushaklarining ishi uchun javobgardir. Va agar to‘satdan miyaning bu qismida shish paydo bo‘lsa, natijada miyadan mushaklarga signallar qiyinchilik bilan yoki umuman kelmasligi mumkin — siz oyoq-qo‘llarda zaif yoki og‘riqli reaksiyani sezmay qolasiz. Bundan tashqari, bunday o‘smalarning alomati doimiy zaiflik yoki uyquchanlik bo‘ladi.

So‘zlarni topishda qiyinchilik

Miya shishining yana bir keng tarqalgan alomati so‘zlashishdagi qiyinchilikdir. Bemor so‘zlarni tanlashda ham, suhbatda ham qiynaladi. Masalan, to‘satdan duduqlanish sizda shish borligining belgisi bo‘lishi ehtimoldan holi emas. Agar birdaniga sizga to‘g‘ri so‘zni “topish” qiyin bo‘lib qolsa, bu ham shifokorga uchrash uchun arzirli sababdir.

Xulq-atvorning keskin o‘zgarishi

Foto: “Noviy ochag”

G‘azab, tashvishlanish, ruhiy tushkunlik — xatti-harakatlardagi keskin o‘zgarishlar rivojlanayotgan o‘sma belgisi ham bo‘lishi mumkin. Shifokorlar fikriga ko‘ra, miyaning frontal qismida lokalizatsiya qilingan o‘sma xatti-harakatda yoki, hatto shaxsiyatda o‘zgarishlarga olib keladi: agar o‘zingiz yoki yaqinlaringizda shunga o‘xshash narsani sezsangiz, imkon qadar tezroq shifokorga murojaat qiling.

Eshitish qobiliyatini yo‘qotish

Eshitish qobiliyatini yo‘qotish, nutq va tovushlarni tanlab olishda qiyinchilik miya shishining yana bir alomatidir. Bundan tashqari, quloqlarda (yoki bitta quloqda) shang‘illash, shovqin ogohlantirish alomatidir. O‘zingizda ushbu holatni sezsangiz, shifokor huzuriga boring.

Homiladorlik va emizishda qiyinchilik

Foto: “Noviy ochag”

Gipofiz bezi gormonlar, shu jumladan, reproduktiv gormonlar ishlab chiqarish va darajasini nazorat qiluvchi miya qismidir. Va agar o‘sma gipofiz bezida lokalizatsiya qilingan bo‘lsa, ayollar homilador bo‘lishda va laktatsiya davrida turli qiyinchiliklarga duch kelishlari mumkin.

Muvozanatni yo‘qotish

Miya bajaradigan va shish paydo bo‘lganda buzilishi mumkin bo‘lgan yana bir muhim funksiya — bu harakat va muvozanat. Agar sizga yaqin odamga yurish paytida turtinib-turtinib ketayotgan yoki tunda harakat qilishda qiynalayotgan, tez-tez muvozanatni yo‘qotayotgan bo‘lsangiz, albatta, shifokor bilan maslahatlashing!

От qwert.uz