Kokosli tortni tayyorlash uchun sizga besh xil mahsulot kerak bo‘ladi. Shirinlik kremini boshqa mahsulotlardan tayyorlasangiz ham bo‘ladi.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker 

Kerakli masalliqlar:

  • pechenye — 200 g
  • 33 foizli qaymoq — 400 ml
  • quyultirilgan sut — 120 g
  • vanilin — 1 choy qoshiq
  • kokos qirindisi — 150 g

Tayyorlanishi:

  1. Pishiriq qog‘ozi yoki oziq-ovqat plyonkasi bilan diametri 18-20 sm bo‘lgan dumaloq qolipni o‘rab oling. Pechenyelarni mayda bo‘laklarga bo‘ling.
  2. Sovitilgan qaymoqni mikser yordamida ko‘pirtiring. Quyultirilgan sut, vanilin va 100 g kokos qirindisini qo‘shib, aralashtiring.
  3. Kremga pechenyelarni qo‘shib, asta-sekinlik bilan aralashtirib oling. Massani qolipga soling va tekislang.
  4. Tortni muzlatkichga 4-6 soat qo‘ying. Tortni dasturxonga tortishdan oldin yuqori va yon qismiga qolgan kokos qirindisini seping.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz