Asal va xantalli sous qo‘shib tayyorlanadigan sazan balig‘i mazali ta’mga ega. Unga o‘zingizga yoqqan ko‘katlarni ham qo‘shsangiz bo‘ladi.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli masalliqlar:

  • laym – 1 dona
  • zaytun yog‘i – 2 osh qoshiq
  • asal – 2 osh qoshiq
  • xantal – 2 osh qoshiq
  • tuz – ta’bga ko‘ra
  • maydalangan oq qalampir – ta’bga ko‘ra
  • sazan balig‘i – 3-4 bo‘lak

Tayyorlanishi:

  1. Laymdan bir osh qoshiq sharbatini siqib oling. Uni zaytun yog‘i, asal, xantal, tuz va qalampir bilan aralashtiring.
  2. Baliq go‘shtini sousli idishga soling. Aralashtiring va tekislab, 30-60 daqiqa davomida muzlatkichga qo‘ying.
  3. Baliqni fol bilan o‘ralgan idishga soling. 15-20 daqiqa davomida 190 daraja haroratda oldindan qizdirilgan pechda pishirib oling.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz