Vazn bilan bog‘liq muammo kuzatilganda o‘zboshimchalik bilan parhez qilishga kirishish yoki mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishdan avval shifokor ko‘rigidan o‘tish muhim sanaladi.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: “Domashniy ochag”

Elektrokardiografiya

Agar ozishga jiddiy qaror qilgan bo‘lsangiz, yurak va qon tomirlar ahvolini o‘rganish muhim sanaladi. Gap shundaki, och qolganda yoki me’yordan kam ovqatlanganda organizm o‘z zaxirasi — yog‘ to‘qimasini ishlatishni afzal biladi. Bu, albatta, yaxshi, ammo ushbu ozuqani kerakli joyga yetkazish uchun uni lipoprotein bilan “o‘rashga” to‘g‘ri keladi. Organizmga shundoq ham oqsil yetishmayotgani hisobiga “yomon” xolesterin tejab qolinadi. Ushbu xolesterin es yurak-qon tomir tizimi uchun o‘ta xavfli sanaladi. Organizmingizdan kelib chiqib, qanday tezlikda ozish kerakligini bilish uchun ushbu tekshiruv sizga yordam beradi.

Insulinga bo‘lgan sezuvchanlikni baholash

Insulinga bo‘lgan sezuvchanlik qancha yuqori bo‘lsa, bu salomatlik uchun shunchalik xavfli sanaladi. Gap shundaki, aynan ushbu gormon glyukozaning qon tomir tizimidan organizm hujayralariga kirishini ta’minlaydi. Yanada aniqroq aytganda, aynan insulin sabab organizm taomdan energiya oladi. Ammo mexanizmda qandaydir muammo kuzatilishi, bunda “och qolgan” hujayralar yana va yana ko‘proq ozuqa so‘rashi mumkin. Qonda glyukoza va insulin yetarlicha bo‘lsa ham, oqibatda odam yeyishdan to‘xtamasligi va yog‘ to‘planishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu esa insulinga sezuvchanlikning yuqori bo‘lishiga olib keladi. Buni davolash mumkin, buning uchun nafaqat zarur dorilarni qabul qilish, balki iste’mol qilinadigan mahsulotlar tarkibidagi uglevodlarni qisqartirish, shuningdek, jismoniy faol bo‘lish muhim sanaladi.

Qorin bo‘shlig‘idagi a’zolarni UTT (ultratovush) orqali tekshirish

Jigar ahvolining qanday ekani juda muhim. Yog‘ qatlamida yillar davomida suv, taom, dori va boshqa qo‘shimchalardagi toksik moddalar to‘plangan bo‘ladi. Vazn tashlaganda aynan jigarga qiyin bo‘ladi. Aynan u toksin va yog‘ to‘qimalarini qayta ishlashga majbur bo‘ladi. Yo‘qotilayotgan yog‘ ham aynan jigar orqali chiqib ketadi. Shu sabab ham ortiqcha vaznga qarshi kurashishdan avval ushbu muhim a’zoning ahvolini tekshirtirishni esdan chiqarmaslik kerak.

Gormonal o‘zgarishlar

Gormonlar butun organizm faoliyati, balki metabolizmning qanday bo‘lishida ham muhim rol o‘ynaydi. To‘qlik hissiga, shuningdek, iste’mol qilingan mahsulotning energiya yoki zaxiraga aylanishiga ham javob beradi. Agar gipotireoz aniqlansa, kilolardan qutulishga bo‘lgan urinish qalqonsimon bez bilan bog‘liq muammoni bartaraf qilmaguncha befoyda bo‘lishi mumkin. Agar stress gormoni kortizol ko‘p ajralsa, yog‘ asosan qorin va bo‘yin sohasida to‘planadi.

Ovqatlanish bilan bog‘liq tahlil

Ko‘pchilikda ortiqcha vazn organizmda suyuqlik to‘planishi va moddalar almashinuvining buzilishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Shu sabab laktoza yoki glyutenni organizm qanday qabul qilishini tekshirtirish kerak. Ovqatlanishda muammo bo‘lishi, bosh og‘rig‘i, surunkali charchoq, qalqonsimon bezning autoimmun kasalliklari organizmning nimanidir qabul qila olmasligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Buni aniqlashtirib, chora ko‘rilmagunicha parhez, sport bilan shug‘ullanish va massaj ham foydasiz bo‘lishi mumkin.

От qwert.uz