Tibbiyot amaliyotida qo‘llash mumkin bo‘lmagan farmatsevtika mahsulotlari aniqlandi, deb xabar bermoqda Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi. 

 — Manba: «Daryo» nashri.

Ta’kidlanishicha, mamlakatda sifatsiz, qalbakilashtirilgan, O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan dori vositalari va tibbiy buyumlar, shuningdek, O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalari aylanmasiga qarshi kurashish maqsadida tegishli organlar bilan hamkorlikda tezkor tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

Jumladan, joriy yil 1-chorak davomida huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan ana shunday tadbirlarda olingan farmatsevtika mahsulotlarini ekpertizadan o‘tkazish bo‘yicha Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markaziga 512 ta murojaat kelib tushdi. 

Taqdim qilingan dori vositalari va tibbiy buyumlar o‘rnatilgan tartibda laboratoriya tekshiruvidan o‘tkazilganda, tahlillar natijalariga ko‘ra, noqonuniy muomalada bo‘lgan:

  • 5958 o‘ram — davlat ro‘yxatidan o‘tgan va muvofiqlik sertifikati mavjud;
  • 17925 o‘ram — davlat ro‘yxatidan o‘tmagan va muvofiqlik sertifikati mavjud bo‘lmagan;
  • 557 o‘ram — yorliqlash ko‘rsatkichi bo‘yicha nomuvofiq (kontrafakt);
  • 1549 o‘ram — yaroqlilik muddati tugagan (sifatsiz);
  • 2524 o‘ram — qalbakilashtirilgan,

umumiy 52396 o‘ram farmatsevtika mahsulotlarining tibbiyot amaliyotida qo‘llash mumkin emasligi yuzasidan xulosa berildi. Hamda ushbu sifatsiz, qalbakilashtirilgan va O‘zbekiston Respublikasiga noqonuniy kirib kelgan farmatsevtika mahsulotlari aylanmasining oldi olindi.

От qwert.uz