Uyda taom tayyorlash qiziqarli jarayon, shu bilan birga pishiriqni yanada mazali qilib tayyorlash imkoni bo‘ladi. Marie Claire nashri uyda tayyorlash mumkin bo‘lgan xushta’m piroglar retseptini taqdim etdi. Piroglarni o‘zingizga yoqqan ko‘katlar bilan bezatishingiz mumkin.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Qo‘ziqorinli tart retsepti 

Foto: Marie Claire

Kerakli masalliqlar:

  • xamirturushsiz tayyorlangan xamir — 250 gr
  • qo‘ziqorin — 300 g
  • sarimsoq — 2 donacha
  • qizil piyoz — 2 dona
  • tuxum — 2 dona (xamir ustiga surtish uchun 1 dona tuxum sarig‘i)
  • pishloq — 150 gr
  • smetana — 15 foizlikligidan 100 gr
  • sariyog‘ — 20 g
  • zaytun yog‘i — 20 ml
  • tuz, maydalangan murch — ta’bga ko‘ra

Tayyorlanishi:

Qo‘ziqorinlarni yaxshilab yuving, quriting va kattalarini mayda bo‘laklarga bo‘ling. Qizdirilgan tovaga ozgina zaytun yog‘ini quying, sariyog‘ni qo‘shing. Ustiga to‘g‘ralgan piyoz va maydalangan sarimsoqni solib qovuring. Keyin qo‘ziqorinlarni tovaga soling va 3-4 daqiqa davomida qovuring. Mahsulotlarga tog‘ jambil, tuz, murch qo‘shing.

Pishloqni maydalang, uni smetana va tuxum bilan suyuq holatga kelguncha aralashtiring. Un bilan to‘ldirilgan yuzada, xamirni list kattaligidagi kichik qatlamga yoyib, oldindan sariyog‘ surtilgan idishga soling va qirralarini kesib oling. Xamirning ustiga tuxum sarig‘ini surting va uni vilkalar bilan teshing. Pishiriqni 200 daraja haroratda 5-7 daqiqa davomida pishiring.

Tart uchun tayyorlangan xamirga pishloq-tuxum aralashmasini soling, ustiga piyoz bilan qovurilgan qo‘ziqorinni qo‘shing. Uni yana 200 darajada haroratda qizdirilgan pechga 10-12 daqiqaga qo‘ying. Tartni dasturxonga tortishdan oldin biroz sovutib oling.

Kartoshka va qo‘ziqorinli shtrudel retsepti

Foto: Marie Claire

Kerakli masalliqlar:

  • xamirturush qo‘shilmagan xamir — 500 gr
  • kartoshka — 450 gr
  • dudlangan pishloq — 150 g
  • qo‘ziqorin — 250 g
  • qizil piyoz — 1 dona.
  • zaytun yog‘i — 4 qoshiq
  • tuz, murch — ta’bga ko‘ra
  • tog‘ jambil barglari — 2 qoshiq

Tayyorlanishi:

Kartoshkani yuvib tozalang va uni o‘rtacha kattalikdagi to‘rtburchak shaklida maydalang. Kartoshkani pergament qog‘oz bilan qoplangan listga qo‘ying. Uni zaytun yog‘i, tuz bilan aralashtiring. Taxminan 10-15 daqiqa davomida 180 daraja haroratda oldindan qizdirilgan pechda pishiring (kartoshkani qizarguncha pishirish kerak).

Dudlangan pishloqni ham to‘g‘rab oling va zaytun yog‘ida qizarguncha qovuring. To‘g‘ralgan qo‘ziqorinlarni piyoz bilan qo‘shib tovada qovuring. Ustiga tuz, murch, kartoshka va tog‘ jambil barglarini solib aralashtiring. Qat-qat xamirni listga yoyib, ustiga tovadagi mahsulotlarni yoyib chiqing. Ruletning chetlarini bukib chiqing va pergament qog‘ozi bilan qoplangan listga soling. Ustki qismiga aralashtirilgan tuxumni surting va 180 daraja haroratda oldindan qizdirilgan pechda 25-30 daqiqa davomida pishiring.

Qovoq, pomidor va burrata pishlog‘i qo‘shib tayyorlanadigan tart retsepti 

Foto: Marie Claire

Kerakli masalliqlar:

  • xamirturush qo‘shib tayyorlanadigan xamir — 250 gr
  • pomidor — 500 g (turli xil va ranglarni tanlash maqsadga muvofiq)
  • qizil piyoz — 1 dona.
  • qovoq — 2 dona.
  • sarimsoq — 2 donacha
  • quritilgan oregano — 1 qoshiq
  • quritilgan rozmarin — 1 qoshiq
  • zaytun yog‘i — 50 ml
  • qovoq urug‘i, kunjut, zig‘ir — 50 g
  • rukola — 50 g
  • tuxum — 1 dona.
  • burrata pishlog‘i — 150 gr
  • qarag‘ay yong‘oqlari — 30 g
  • tuz, murch — ta’bga ko‘ra

Tayyorlanishi:

Qovoqni tozalab 1 mm qalinlikda doira shaklidagi bo‘laklarga bo‘ling. Piyozni tozalab maydalang, sarimsoqni ham mayda qilib to‘g‘rang. Pomidorlarni yuving va doira shaklida kesib oling. Xamirni muzlatkichdan oling va to‘rtburchaklar hosil bo‘lishi uchun un bilan qoplangan yuzaga rulon bilan yoyib, pergament qog‘oz bilan qoplangan listga soling. Keyin xamirning ustiga pomidor, qovoq va piyozni ustma-ust tering. (bo‘sh joylarni yopish uchun kichik pomidorlardan foydalanish kerak). Mahsulotlarning ustiga tuz, murch seping va biroz zaytun yog‘i quying.

Xamirning chetlarini buklab, aralashtirilgan tuxumni surting, ustiga urug‘lar aralashmasini soling. Uni 15-18 daqiqa davomida 200 daraja haroratda oldindan qizdirilgan pechda pishirib oling. Tartni yog‘och taxtaga qo‘ying va u issiq turgan paytda, 8-10 qismga bo‘lingandan so‘ng, burrata pishlog‘ini ustiga qo‘ying. Pishiriqning ustiga rukola, qarag‘ay yong‘oqlarini seping va unga zaytun yog‘ini qo‘shing.

От qwert.uz