Maydalangan yong‘oq va murabbo qo‘shib tayyorlanadigan pishiriq sizga manzur keladi. Unga o‘zingizga yoqqan rezavor mevalarni qo‘shib yangi ta’m hosil qilishingiz mumkin.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli masalliqlar:

  • tuxum — 2 dona
  • shakar — 150 g
  • tuz — 1 chimdim
  • margarin — 250 g
  • un — 450-500 g
  • pishiriq kukuni — yarim qoshiq
  • quyuq murabbo yoki jem — 300-350 g
  • yong‘oq — 80-100 g
  • shakar kukuni — ta’bga ko‘ra

Tayyorlanishi:

  1. Tuxumni avval shakar va tuz bilan, keyin esa yumshatilgan margarin bilan aralashtirib oling.
  2. Elakdan o‘tkazilgan unni pishiriq kukuni bilan aralashtirib yumshoq xamir hosil qiling.
  3. Xamirning uchdan bir qismini plyonkaga o‘rang va muzlatgichda 30-40 daqiqaga qoldiring. Ko‘proq qismini ham o‘rang va sovutkichda qo‘ying.
  4. Xamirning ko‘p qismini yoyib, uni pergament bilan qoplangan shaklga soling va kichik bo‘lakchalarni hosil qiling.
  5. Yong‘oqlarni maydalab, murabbo bilan aralashtiring. Xamirning ustiga murabbo va yong‘oqni solib yoyib chiqing. Mahsulotlarning ustiga muzlatilgan xamirni maydalab qo‘shing.
  6. Pirogni taxminan 30 daqiqa davomida 180 daraja haroratda pishirib oling.
  7. Pishiriqni dasturxonga tortishdan oldin ustiga shakar kukunini seping.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz