Tvorog qo‘shib tayyorlanadigan shirinlik mazali ta’mga ega. Pishiriqqa tvorogning o‘rniga murabbo yoki mevali krem qo‘shib tayyorlasangiz ham bo‘ladi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Xamiri uchun kerakli masalliqlar:

  • sariyog‘ — 100 g
  • sut — 250 ml
  • tuz — yarim qoshiq
  • un  — 150 g
  •  tuxum — 5 dona

Kremi uchun kerakli masalliqlar:

  • tvorog — 350 g
  • vanilin — ikki qoshiq
  • shakar kukuni — 160 g va ustiga sepish uchun 
  • sariyog‘ — 120 g

Tayyorlanishi:

  1. O‘rtacha kattalikdagi idishga o‘simlik yog‘i, sut va tuz qo‘shib aralashtiring. Uni o‘rtacha balandlikdagi olovga qo‘yib qaynatib oling.
  2. Mahsulotlarga unni qo‘shing. Uni 2-3 daqiqa davomida aralashtirib, xamir bo‘lguncha va pastki qismida oq qoplama hosil bo‘lguncha pishiring.
  3. Xamirni boshqa idishga soling va 10-15 daqiqa sovishini kuting.
  4. Xamirga birma-bir tuxumni qo‘shing, massani yog‘och katta qoshiq bilan sekin aralashtiring. Keyingi tuxumni solingan tuxum aralashib ketgandan keyin qo‘shing.
  5. Pechni 200 daraja haroratda qizdirishga qo‘ying. Listni pergament qog‘oz bilan qoplang.
  6. Xamirni uchi “yulduzcha” shaklidagi qolipga quyib oling. Pergament qog‘ozga 10 sm uzunlikdagi xamir chiziqlarini qo‘ying, ular orasida 3-4 sm masofa qoldiring.
  7. Shirinlikni 25-30 daqiqa davomida qizargunga qadar pechda pishirib oling. Ekler pishayotgan vaqtda pechning og‘zini ochmang. Pishgandan so‘ng shirinliklarni sovitib oling.
  8. Tvorogni blender bilan aralashtirib oling va unga vanilin, shakar kukunining yarmini qo‘shing.
  9. Muzlatilgan sariyog‘ni mikser bilan arashtirib, massa ko‘tarilishiga qadar kuting, unga qolgan shakar kukunini solib aralashtiring.
  10. Tvorogli massani sariyog‘ bilan aralashtirib oling. Massani ingichka qolipga soling va xamirning ichiga quying.
  11. Shirinlikning har biriga massani solib chiqing. Eklerning ichiga o‘zingizga yoqqan murabbo yoki kremni solishingiz mumkin. Dasturxonga tortishdan oldin shirinlikning ustiga shakar kukunini seping.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz