Tovuq va qovoqdan tayyorlanadigan kotletlar mazali ta’mga ega. Unga o‘zingizga yoqqan ko‘katlarni qo‘shishingiz mumkin. Lifehacker nashri qovoq qo‘shib tayyorlanadigan tovuqli kotlet retseptini taqdim etdi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli masalliqlar:

  • qovoq — 250 g
  • piyoz — 1 dona
  • sarimsoq — 2 donacha
  • tovuq go‘shti qiymasi — 800-900 g
  • tuxum — 1 dona
  • tuz — 1 qoshiq
  • murch — ta’bga ko‘ra
  • un — 1-2 qoshiq
  • o‘simlik yog‘i — 2 qoshiq
  • suv — 50-70 ml

Tayyorlanishi:

  1. Qovoqni katta tishli qirg‘ichdan o‘tkazing yoki piyoz bilan birga blenderda aralashtirib oling. Qovoqni ozgina siqib oling. Sarimsoqni ham qirg‘ichdan o‘tkazing.
  2. Qiymani qovoq, tuxum, piyoz, sarimsoq, tuz va murch bilan aralashtiring. Agar qiyma juda suyuq bo‘lsa, unga ozgina manniy yormasi qo‘shing.
  3. Kichkina kotletlarni hosil qiling va uni unga qorishtirib oling. Qiyma qo‘llaringizga yopishib qolmasligi uchun suv bilan namlang.
  4. O‘simlik yog‘ini o‘rtacha olovda qizdirib oling. Kotletlarni har tomonini aylantirib 5-6 daqiqa qovuring.
  5. Bir oz suv qo‘shing, tovaning qopqog‘ini yoping va past olovda yana 7-10 daqiqaga qoldiring.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz