Migren — bu surunkali nevrologik kasallik bo‘lib, odatda boshning bir tomonida puls urgani kabi og‘riq bilan namoyon bo‘ladi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Og‘riq bir necha soatdan bir necha kungacha davom etishi mumkin va ko‘pincha ko‘ngil aynishi, qusish, yorug‘lik va shovqinga nisbatan sezgirlik bilan birga kechadi. Ayrim hollarda migren oldidan bemor ko‘rish, eshitish qobiliyatida biroz o‘zgarishlarni his qiladi.

Foto: The Day

JSST migrenni insonning normal hayoti eng ko‘p buzadigan 19 ta kasallik ro‘yxatiga kiritgan. Afsuski, migrenning kelib chiqish sabablari hali to‘liq aniqlanmagan, biroq stress, ob-havo sharoiti, ochlik, uyqu yetishmovchiligi, gormonal o‘zgarishlar va ba’zi oziq-ovqatlar uni qo‘zg‘atishi mumkin. Quyida migren kasalligini qo‘zg‘atib yuboradigan mahsulotlar ro‘yxatini e‘tiboringizga havola etamiz.

Shokolad

Tarkibida kofein moddasi mavjud har qanday mahsulot migrenga chalinish ehtimoli bor insonlar uchun xavflidir. Shokolad tarkibiga kiruvchi feniletilamin moddasi esa qon tomirlarini toraytiradi. Irsiy jihatdan migrenga moyilligi bor shaxslarda bu bosh og‘rig‘iga sabab bo‘ladi.

Sitrus mevalari va banan

Ushbu mevalarda bosh og‘rig‘iga sabab bo‘ladigan gistamin va tiramin moddalari mavjud.

Kolbasa, sosiska, vetchina

Bunday yarim tayyor mahsulotlar tarkibida yuqori darajada natriy glutamat hamda bosh miya qattiq qobig‘idagi qon tomirlari kengayishiga olib keladigan azot oksidi mavjud.

Yog‘li pishloqlar

Yog‘lilik darajasi yuqori bo‘lgan pishloqlarda qon tomirlarini toraytiruvchi va qon bosimini oshiruvchi tiramin mavjud. Pishloq qanchalik uzoq vaqt davomida tayyorlangan bo‘lsa, unda tiramin shunchalik ko‘p bo‘ladi.

Spirtli ichimliklar

Odatda, migrenga xos to‘satdan bosh og‘rig‘ining vujudga kelishi faqat ayrim turdagi alkogol mahsulotlari ta’sirida bo‘ladi, ammo asosi achitqidan iborat har qanday spirtli ichimlik migrenga olib kelishi mumkin. Shuningdek, suvsizlanish va asabiylashish migrenga xos og‘riq hujumlarining chastotasini oshiradi.

Bundan tashqari, spirtli ichimliklar glyukoza ishlab chiqarish uchun javobgar bo‘lgan jigar bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Qondagi qand miqdorining pasayishi ham ana shunday bosh og‘riqlariga sabab bo‘lishi mumkin.

От qwert.uz