Oshxonada bor mahsulotlardan oddiy, ammo mazali salat tayyorlab ko‘ring.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • makaron — 450 gramm;
  • sabzi — 2-3 dona;
  • mayonez — 150 gramm;
  • smetana — 50 gramm;
  • olma sirkasi — 4 osh qoshiq;
  • shakar — 2-3 osh qoshiq;
  • ko‘k piyoz, selder, tuz va ziravorlar.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Makaron tuzli suvda qaynatib olinadi.
  2. Sabzi qirg‘ichdan o‘tkaziladi, ko‘katlar mayda to‘g‘raladi.
  3. Mayonez, smetana, tuz va ziravorlar hamda shakar yaxshilab aralashtiriladi.
  4. So‘ngra makaron sabzili va mayonezli aralashma bilan yaxshilab aralashtiriladi.
  5. Salat muzlatkichga 1-2 soatga qo‘yiladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz